"Quiet quitting"
Zo'r xodimimiz o'ziga qo'shimcha vazifa olmay qo'ygan bo'lsa,
Faqat chizilgan chiziq bo'yicha yurishga o'tib olgan bo'lsa,
9-18 rejimini mahkam ushlab ish yonib yotsa ham ishda 1 daqiqa ham ortiqcha vaqt o'tkazmayotgan bo'lsa,
Ishga emotsional yondashmay qo'ygan bo'lsa,
Lekin hali hamon ishdan bo'shamagan bo'lsa,
Bilaylikki,
U shovqinsiz ishdan bo'shab bo'lgan. G'arbda buni "quiet quitting" deyishadi.
Ya'ni,
Ishdan bo'shamasdan ishdan bo'shash.
Odatda bu motivatsiyasi yo'qligidan / tushib ketganidan,
Yoki,
Professional toliqishdan kelib chiqadi.
Bunday holatda xodimga dam beraylik,
Va motivatsiyasini qayta gaplashib chiqaylik.
#hr #boshqaruv
@street_mba / @mashrabov_aa
Post #108
2.4K