Ideal trayektoriya
"Bezel" klubidan nomi chiqqan "Chelsea" klubiga o'tdi. Lekin u yerda yaxshi o'ynay olmadi va asosiy vaqtini zaxirada o'tkazdi.
Keyin uni ijaraga "Fiorentina", undan keyin esa "Roma" klubiga berib yuborishdi.
"Roma" klubida zo'r o'yin ko'rsatib yana nomi chiqqan klubga, "Liverpulga" qaytdi.
"Liverpulda" ancha muncha rekkordlar qo'ydi, Chempionlar ligasini yutdi, Angliya Premier Ligasini eng zo'r to'p-urarlaridan biriga aylandi.
Bu futbolchini ismi Mohammed Salah. Laqabi "Misrlik Messi".
Xodimlarni suhbat qilish jarayonida (ayniqsa yuqori lavozimlarga) biz ideal rivojlanish trayektoriyasini ko'rgimiz keladi.
Oddiy o'qituvchi -> Zavuch -> Direktor -> yana Oddiy o‘qituvchilikka qaytgan va yana direktorlikka topshirgan nomzod ichimizda shubha uyg'otadi.
Demak buni nimadir ishkali bor deb o'ylaymiz. Trayektoriya buzilganda chunki.
Vaholanki,
Eng kuchli nomzodlar har doim ham ideal trayektoriyaga ega nomzodlar emas,
Balki,
Karyerasi sinishiga qaramay o'zi sinmagan nomzodlardir.
#hr
—
👉 Foydali tavsiya: Jasur aka va Aziz aka bog'cha ochish, uni to'g'ri yuritish va eng asosiysi to'g'ri jamoa yig‘ish bo'yicha videodarsliklar tayyorlashibdi. Ta'lim sohasida ish boshlamoqchi bo'lganlarga va ta'limda ishlab yurganlarga maslahat beraman.
@street_mba / @mashrabov_aa
Post #103
2.12K