TGViewer
Street MBA / Abror Mashrabov bilan Street MBA / Abror Mashrabov bilan @street_mba · 1.81K subscribers
Post #102 2.19K
Avval osh, keyin desert

Choyxonaga borib o'tirishni desert bilan boshlasak ketidan dunyodagi eng zo'r osh ham ketmaydi.

Oshqozonni ham o'zini ketma ketligi borda.

Avval - asosiy taom. Desert, tarvuz-qovun, chak-quqlar esa keyin.

Korxonamiz ham oshqozon kabi ishlaydi,

Avval - asosiy vazifalar. Turli xil AI-yechimlar, SAP'lar, murakkab moliyaviy dasturlar esa keyin.

Masalan, internet do'konimiz skladida stabil ravishda mol turmasa, marketingga pul yoqishimizni foydasi yo'q. Mijozlar qaytib kelmaydi.

Yoki skladimiz molga to'lgan bo'lsa-yu biz mijozlar olib kelishni o'rniga UI/UX'ni ustida tinmay ishlayotgan bo'lsa ham foydasi yo'q.

Asosiy va ikkilamchi ishlarni aniq ajratib olish tadbirkor sifatida eng asosiy vazifalarimizdan biri ekan.

Asosiy vazifalar qatoriga shunday vazifalar kiradiki, ularsiz qolgan barcha vazifalar o‘z ma’nosini yo‘qotadi.

#tizim

—

👉 Foydali anons. 6 iyun kuni yaqinlarimiz marketologlar uchun 300 kishilik Digital Forum tashkillashtirishyapti. Men ham boraman InshaAllah. Sizga ham tavsiya qilaman. Ro'yxatdan o'tish.

@street_mba / @mashrabov_aa
More from @street_mba
  1. Sep 19, 20264+1 sabab Xodim biror vazifani bajarmasligini 5ta sababi: 1. Vaqti yo'q. Boshqa vazifalar…
  2. Sep 5, 2026Merfi qonuni Yaqinimiz bir mahsulot import qiladi. Mahsulotni bozorga tanitib olish uchun…
  3. Aug 29, 2026Ko'rinmas majburiyat Dam olib turish rahbar sifatida biror kun foydalansak bo'ladigan huqu…
  4. Aug 28, 2026May oyida boshlangan cloz.uz loyihamiz bo'yicha bir necha yangiliklar: 1) Rezyume bazasida…
  5. Aug 25, 2026Psixologik pora Natija qilmayotgan xodim bilan, Ichki qoidalarni muntazam ravishda buzadig…
  6. Aug 22, 2026Zaif natija ≠ Zaif jamoa Tarkibida Zidane, Ronaldo, Figo, Beckham, Roberto Carlos, Raul va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →