TGViewer
Channel Public Channel
Lingvist Iroda Azimova

Lingvist Iroda Azimova

@psixolingvist

Psixolingvistika, neyrolingvistika ILMIY yo‘nalishlariga oid kuzatuvlar, tahlillar
Subscribers
3.95K
Photos
284
Videos
22
Links
261
Recent Posts 20 shown
Post #1047 999
Eron bilan o‘yin yaxshi bo‘ldi a?
Shomurodov krasavchik, ikkita gol ham o‘ziga munosib bo‘ldi. Hammasidan qo‘shimcha daqiqalarda urilgan golga xursand bo‘ldim.
Bo‘larkanu e, Eronni yutsak ham. Men muxlislik qilgan paytlar nuqul yutqizardik. Nahotki, shu kunlarni ko‘rdik, devordim.
Yaxshi o‘ynashdi. Barakalla!

@psixolingvist
  • ❤ 48
  • 👍 18
  • 👏 9
  • 😁 7
Post #1046 1.33K
Biz hayotni mantiqqa bo‘ysunadi deb o‘ylaymiz. Ammo insonlararo munosabatlarda mantiq ko‘p ham ishlayvermaydi.

Mantiqan kim boshqa odam haqida ko‘proq qayg‘ursa, u haqida ham boshqa odam shunday qayg‘urishi, juda bo‘lmaganda o‘sha qayg‘urgan odamning munosabatini qadrlashi kutiladi.
Lekin hayotda, odatda, o‘sha qayg‘urgan odamdan boshqa qayg‘urmagan, tushunmagan insonlardan ko‘ra ko‘proq xafa bo‘lishadi. Nimaga bunaqa bo‘ladi, deb o‘yladim. Balki, aynan qayg‘urgan odamga sizning xafa bo‘lish-bo‘lmasligingiz baribir emas. U siz xafa bo‘lmasligingizni istaydi. Qaysidir maʼnoda uning siz haqingizda qayg‘urganini ojizlik o‘laroq ko‘rasiz, o‘zingizdan past ko‘rasiz yaʼni... Aynan o‘zingizdan past ko‘rish xafa bo‘lish ko‘rinishida bu munosabatni qadrlamaslik o‘laroq yuzaga chiqadi.
O‘zingizni seving, o‘zingizga eng ko‘p qayg‘uring deyayotgan psixologu nopsixologlar haq bo‘lsa kerak...

@psixolingvist
  • 👍 17
  • ❤ 14
  • 😁 11
Post #1045 1.45K
Nasiba Abdullayevaning "Ko‘z yoshimiz" qo‘shig‘i.
Birinchi marta so‘zlariga jiddiy eʼtibor berib eshitdim, shekilli.
Ha, odam toki o‘sha holatni boshidan o‘tkazmaguncha his qilmas ekan...
Ishda, kundalik tashvishlarda band bo‘lish qanday yaxshi. Umring o‘tib ketayotgani haqida o‘ylashga imkon bo‘lmasa yaxshi. O‘ylash esa odamni shu qadar qayg‘uga soladiki...
Alloh umrimizni xayrli va barakali qilsin...

@psixolingvist
YouTube Красивая песня: "Куз ёшимиз" - Насиба Абдуллаева (Nəsibə Abdullayeva) Песня: "Куз ёшимиз..." ("Наши слёзы...") - исполняет Народная артистка Узбекистана Насиба Абдуллаева.
  • ❤ 23
  • 😭 8
  • 🔥 3
Post #1044 2.06K
O‘g‘lim olti yoshligida bergan savol

- Aya, men ham sizning ishxonangizga boray.
- Nima qilasan?
- Siz nima qilasiz?
- Aka-opalarni oʻqitaman.
- Oʻqituvchi boʻlsangiz, nega sizning haykalingiz yoʻq?

@psixolingvist
  • 😁 110
  • 🔥 14
  • 🥰 11
  • 👍 6
  • ❤ 2
  • 😍 1
Post #1043 1.95K

Forwarded from Guljamol Asqarova (Guljamоl Asqarova)

Ҳамдардлик

Дилрабога

Сени бағримга босдим—
Чўғни бағримга босдим.
Қайғу қонидан шимган
Туғни бағримга босдим. 

Шоир сўрар: Не учун,
ой осмондан йиқилди?
Худога не қилгандик,
Худо бизга не қилди?

Йигит кетган йигитнинг
Ер ўпарми кураги?
"Уни томдан йиқитди,
тўполончи юраги"*

Эй юзи офтоб синглим,
Чиройлим, моҳтоб синглим.
Ҳайёмий саволларга,
Ўзинг жавоб топ синглим.

Асал тотаётиб ҳам,
Ари заҳридан қўрқдим.
Худо меҳридан тотиб,
Худо қаҳридан қўрқдим.

Оламнинг айвонига,
Ой гилам тўшар бўлди.
Энди жаннат томонга,
Йўлимиз тушар бўлди.

Жон қуши кўкка учди,
Кўкдан умидвор синглим,
Кўкдан келган ғам қушин,
Кўкка учирвор синглим.

Наманган боғларида,
Анорлар бағир ёрсин.
Қолганлар ёмон қолди,
Кетганлар яхши борсин.

17.09.2026 йил

*Ғафур Ғулом сатри

@Guljamol_Asqarova
  • ❤ 21
  • 🔥 5
  • 😭 2
Post #1042 2.18K

Forwarded from 1000KITOB

Ma’nolar mustaqilligi...
  • 🔥 7
  • ❤ 4
  • 👏 2
Post #1041 2.21K

Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi

Internetda bir chiroyli kuzatuv tez-tez uchraydi. Unga ko'ra, ispanlar diqqatni "qarzga beradilar", fransuzlar uni "yaratadilar", inglizlar "to'laydilar", nemislar esa "sovg'a qiladilar". Qiziqib qarasam, bu so'zlarning haqiqiy tarixi yanada qiziqroq ekan.

Ispancha prestar aslida "taqdim etmoq" ma'nosidan kelgan ekan. Inglizcha pay esa "bajo keltirmoq" ma'nosini bergan ekan: shuning uchun ham inglizlar tashrifni ham, hurmatni ham "to'laydilar". Nemischa schenken dastlab "ichimlik quyib bermoq" degani ekan.

Endi o'zimizning tillarga qaraylik. Ruslar diqqatni "ajratadilar" (уделять внимание), ya'ni undan bir ulush beradilar, go'yo u cheklangan. Biz O'zbeklar esa e'tiborni "beramiz"- qaytarib olishni kutmasdan. Diqqatni esa "etamiz", xuddi fransuzlardek demak.
  • 🔥 27
  • ❤ 14
  • 👍 1
Post #1040 3.04K

Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi

Alifbo o'zgargani albatta yomon bo'ldi. Juda qimmatli xatolardan biri bo'ldi.
  • 😭 34
  • 👍 8
  • 😁 8
  • ❤ 4
  • 👎 2
Post #1039 3.04K

Forwarded from Uzbekonomics

Bu odatdagi "yanada takomillashtirish", "yanada isloh qilish" qabilidagi qonun emas. Bu qaror avlodlar kelajagiga, o'zbek tiliga, savodxonlikka va ta'limga uzoq yillar ta'sir qiladi. Albatta ijobiy emas, buni hamma bilib turibdi.

Shuning uchun unga ham shunga yarasha jiddiy, ilmiy va ehtiyotkor yondashish kerak edi. “10 yildan beri shu ustida ishlayapmiz”, “endi cho'zmaylik”, “odamlar ko'nikadi” - bular dalil emas.

Alifboni takomillashtirishga doir qonun loyihasi ustidagi ishlar boshlanganiga 10 yil bo'lgan bo'lsa, shu davr ichida hech bir eksperiment, sinov qilib ko'rildimi? Bir dona bo'lsa ham? Eksperiment, pilot, o'qish tezligi va xatolar bo'yicha test, o'qituvchi va o'quvchilarga tushadigan yuk, jamiyatning moslashish xarajati o'lchanishi kerak edi. Ana o'sha dalil bo'lishi mumkin edi, agar mustaqil va xolis qilingan bo'lsa. Xarajat deganda faqat kitob bosib chiqaradigan xarajat nazarda tutilmaydi.

Mayli, uzoqqa bormay shu yangilikning o'zida qolsam bugungi Senat majlisidagi foto va videolarda ko'pchilik nutqini qog'ozdan o'qiyapti. Qog'ozlarda lotinmi, kirillmi- ko'rinmadi, shuning uchun da'vo qilmayman. Lekin ularning o'zi kundalik hayotida qaysi yozuvdan foydalanadi? Ishonchim komil kirildan. Chunki 35 yil davomida kirildan lotinga to'liq o'ta olmadik. Hali ham kirillda o'qib-yozadigan katta qatlam bor. Bu ularning aybi emasdir, savodi shunda chiqqan. Lekin aynan shuning uchun bugun amaldagi lotinda savod chiqargan o'nlab million odamning yozuvini yana o'zgartirishga ikki karra ehtiyot bo'lish kerak edi.

Gap hozirgi alifbo ideal yoki ideal emasligidamas. Gap uzluksizlik haqida. Yangi alifbo yillar o'tib yana kimgadir yoqmay qoladi, endi 2026 yilda qilingan xatoni to'g'irlashimiz kerak deb qolishadi. Hozir ham ba'zi unli harflarni takomillashtirmadik, uni keyingi safar qilamiz deb turibdi ba'zilar.

Bir avlod kirill va lotin orasida qolgandi. Endi keyingi avlodni eski lotin va yangi lotin orasida qoldiradigan bo'ldik. Xullas, kim nimada yozayotgan bo'lsa shunda yozaveradi, o'qiydi, yangisiga esa asosan majburiy o'tiladi xolos.

@uzbekonomics
  • 🔥 14
  • ❤ 7
  • 👏 5
  • 👍 4
  • 😁 4
  • 👎 3
Post #1038 2.4K
Reklamada "Tanlov ko‘r-ko‘rona amalga oshirildi" degan gap mijozda mahsulot haqida ijobiy tasavvur shakllantirmaydi. Hech qanaqasiga.

@psixolingvist
  • ❤ 19
  • 👍 2
  • 🔥 2
Post #1037 4.14K
Tahrir va andisha

Oxirgi kunlarda bir narsaga eʼtibor berdim.

Ijtimoiy tarmoq"chi"lar, yaʼni har qanday faoliyatini, hattoki kundalik hayotini ijtimoiy tarmoq orqali yoritayotgan yoki yuritayotgan, reklama qilayotgan, aynan ijtimoiy tarmoq uchun ijod qilayotganlar bilan professionallarni tahrir ajratib turarkan. Yaʼni professionallarda u bor (yoki bor edi...).

Masalan, podkastlar, nimaga ikki-ikki yarim soat, baʼzan undan ham ko‘p? Shunchalik uzoq suhbatning ichida muxlis eshitmasa hech narsa yo‘qotmaydigan gap yo‘q deb o‘ylaysizmi?
Yoki muxlis shunday ham biladigan gaplar yo‘q deb o‘ylaysizmi?
Yoki boshlovchi/mezbon mehmonni unutib, o‘zini ko‘rsatishga o‘tib ketgan va bu umumiy kontekstda unchalik ham chiroyli ko‘rinmagan lavhalar yo‘q deb o‘ylaysizmi?

Bularning hammasi axborot shovqinini ko‘paytirib qabul qiluvchiga ortiqcha yuk bo‘ladi.
Tahrirning vazifasi aynan shu ortiqcha yukni yo‘qotish.

Biror ijod namunasini sanʼat darajasiga olib chiqadigan narsa bu — tahrir.

Mana shu tahrirsizlik odamlarni tobora andishasizlashtirib borayotganga o‘xshaydi...

"ha, aytsa, nima qipti?! Ha, ko‘rsatsa nima qipti?! Ha, kuni kecha bir jamoa bo‘lib ishlagan prodyuserini xalqqa yomonlab chiqsa nima qipti? Ha, o‘zi hech narsani tushunmaydigan mavzusida gapirgan bo‘lsa nima qipti?" Va hokazo...

Tahrir — inson erishgan tamaddun namunasi. Bunaqa oson voz kechvormaylik...

@psixolingvist
  • ❤ 50
  • 🔥 33
  • 👍 13
  • 👏 12
Post #1036 3.69K
https://youtu.be/7ZYl4IIPX5M?si=MvpCmRTXrd8lWYL7

Bu videoni ancha avval ko‘rgandim. Bayramga juda mos tuyuldi. O‘n bir yoshli qizning qo‘shiq muallifi oldida qoyillatib ijro etgani, muallifning o‘zi bek-vokal bo‘lib jo‘r bo‘lgani qanaqadir fayzli chiqqan.

Vatandoshlarim, shu yurtda hammamiz tinch-farovon, go‘zal hayot kechiraylik. Vatanimiz har tomonlama rivoj topsin.

@psixolingvist
YouTube Ozodbek Nazarbekov & Roziyaxon jonli ijro 2016 Ozodbek & Roziyaxon O'zbekiston jonli ijro 2016
  • ❤ 17
  • 👏 14
  • 🔥 2
Post #1035 3.09K
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin. Vatanimiz hamisha erkin va ozod bo‘lsin.

Yurt mustaqilligi buyuk neʼmat. Buni esimizdan chiqarmaylik.

@psixolingvist
  • ❤ 40
  • 🔥 13
  • 👍 4
  • 🥰 2
Post #1034 3.94K
Tarjima mashaqqatlari (tarjimonlarga layfxak!)

O‘zbek tili feʼl faol qo‘llanadigan til. Rus tili, ingliz tilida ko‘pincha ot yo sifat predikat bo‘lib kelaveradi. Masalan, Maksim Galkin bir paytlar "А мне 26" deb nomlangan konsert bergan edi.
O‘sha yillarda qo‘shiqchi Shahzoda o‘z konsertini "Ijodimga o‘n besh yil" deb nomlagan. O‘zbekchada jumla tugallanmaganligi sezasiz, to‘g‘rimi? Savol paydo bo‘ladi: nima o‘n besh yil?

Ingliz tilidan qilingan tarjimada quyidagicha gap kelyapti:

Demak, so‘z tartibida zamonga bog‘liq o‘zgarish mavjud.

Ko‘zda tutilgan mazmun bunaqa o‘zbekcha gapda chiqmayapti. Maʼno chiqishi uchun o‘zbekchasi qanday bo‘lishi kerak:

Demak, so‘z tartibi zamonga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.

Aksariyat hollarda tarjimadagi g‘alizlik shundan kelib chiqadi. O‘zbekchada shunaqa yo shunga o‘xshash gap eshitganmanmi deb tarjimon o‘ziga savol berib ko‘rishi kerak.

Shuning uchun turkchadan qilingan tarjimalar ancha silliq. Ayrim so‘zlar noo‘rin qo‘llanvorishini aytmaganda.

Xullas, iloji boricha kesim feʼl bilan ifodalangani maʼqul.

@psixolingvist
  • 👍 28
  • ❤ 11
  • 🔥 7
Post #1033 2.94K

Forwarded from Qizingiz yozdi...

Yaqinda jizzaxlik 20 yoshli blogger qizning avtohalokatda vafot qilgani haqida aytishdi. Videolari vafotidan so‘ng ommalashib ketgan emish.

E'tiborimni tortgani — qizning sahifasi unchalik aktiv bo‘lmagan paytda: "Men o‘lganimdan keyin mashhur bo‘lib ketaman, videolarim rekka chiqadi, hamma meni taniydi", mazmunida gapirgan videosi bo‘ldi.

"O‘lsam hamma meni taniydi" duosi.

Va uning ijobati.

****
Qur'onda hazrati Yusuf va Zulayxo qissasida ajoyib nuqta bor:

Zulayxo Yusuf (a.s) uni rad qilgani haqida qo‘llarini kesib o‘tirgan mehmon ayollarga aytib beradi. Va tahdid ham qiladi: aytganimni qilmasa, qamayman, xor-u zor bo‘ladi!

Shu joyda Yusuf (a.s):
{ قَالَ رَبِّ ٱلسِّجۡنُ أَحَبُّ إِلَيَّ مِمَّا يَدۡعُونَنِيٓ إِلَيۡهِ}
Parvardigorim, bular chorlayotgan narsadan ko‘ra zindon menga yaxshiroq". (33)
{ فَٱسۡتَجَابَ لَهُۥ رَبُّهُۥ}
"Bas, Parvardigori (Yusufning duosini) ijobat qildi ". (34)

Ustozlar: "Shu joyda vazirlikni so‘rasalar ham ijobat bo‘lib ketardi", deydilar.

Qissalarda (bunisi endi Qur'ondanmas) Yusuf (a.s) bolalik yillarida o‘zlarini ko‘zguda ko‘rib, o‘zlaricha "Meni qulbozorda sotsa qanchaga olisharkin", derkanlar.

Keyinchalik uning ijobat qilingani Qur'onda kelgan:
{ وَشَرَوۡهُ بِثَمَنِۭ بَخۡسٖ دَرَٰهِمَ مَعۡدُودَةٖ}
(Yusufni quduqdan topib olganlar) uni arzon bahoda — bir necha tangaga sotib yubordilar". (20)

****
Albatta, qadar bitilgan. Biz kelajakda nima bo‘lishini oldindan bilmaymiz.

Qadar bizdan berkitilgan.

Nima qilishimiz kerakligi esa berkitilmagan.

A'zolarimizni sababga bog‘laymiz.

Qalbimizni Allohga tavakkulga bog‘laymiz.

Bilmaganimizga bilganimizni mahkam quchib oldinga qadam tashlaymiz: chiroyli duolar qilamiz, Alloh taolodan uning ulug‘ligiga qarab so‘raymiz, gumonni chiroyli qilamiz, o‘zimiz haqimizda yaxshi narsalar kutamiz.

Postni Rumiy dahosining quyidagi hikmati bilan yakunlasak:

"Dunyoda boʻlishi mumkin boʻlgan hodisa uchun, sabab olamida sanoqsiz ehtimol uxlab yotadi. Siz ogʻzingizdan chiqarayotgan soʻzlaringiz bilan u ehtimollarni uygʻotasiz.

Goʻzal kalimalar soʻzlangki, goʻzal ehtimollar uygʻonsin. Insonning taqdiriga boʻladigan ta'siri mana shu oʻrindadir".

@qizingizyozdi
  • ❤ 69
  • 👍 24
  • 🔥 9
  • 👏 6
Post #1032 3.46K
#mulohaza

Baʼzan to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun og‘riqdan o‘tish shart... Balki baʼzan emas. Doim.

Nega bunaqa?
Bilmadim, balki tarbiyalanarmiz...

«Og‘riqlar ulg‘aytirdi bizni,
Baxtdan erkalandik, yoshardik.»

@psixolingvist
  • ❤ 21
  • 😭 16
  • 👍 8
  • 🔥 4
  • 👏 4
Post #1031 3.41K
Geminidan tavsiya:

".. ayamasdan yotib dam oling."

Qanday go‘zal va original jumla!

@psixolingvist
  • 😁 75
  • ❤ 19
  • 👍 8
  • 😭 3
  • 👎 1
Post #1030 3.72K
Post #1028 3.81K
Tarjima mashaqqatlari

"biz kabi barmoqlar soniga ega bo‘lgan"

Gap fantastik asardagi mahluqlar haqida ketyapti.

Tarjima gap. Ingliz tilining qolipi saqlangan va o‘zbekcha so‘zlar qo‘yilgan.

TARJIMA BUNDAY QILINMAYDI!

O‘zbekchada nima deyiladi?

"Barmoqlarining soni bizniki bilan bir xil bo‘lgan" deyiladi.

Tarjimaga masʼuliyat olgan odam original matn tilidan ko‘ra qaysi tilga o‘girayotgan bo‘lsa o‘sha tilni yaxshi bilishi kerak.
U til uning ona tilisi ekanligi va hatto filologiyani bitirganligi ham yaxshi bilishini kafolatlamaydi.

Afsuski, bizda o‘zbek tilining pragmatikasi na maktab, na universitetda qoyillatib o‘qitilmagani uchun tarjimon yo muharrirning saviyasini faqat va faqat uning lisoniy tajribasi belgilab beradi, u qanchalik ko‘p va xilma-xil matnlar bilan ishlagan.

@psixolingvist
  • 👍 23
  • ❤ 15
  • 🔥 7
Post #1027 3.11K

Forwarded from Le Professeur

Jamoat joyida naushniksiz telefonida video ko'radiganlarga yoki speakerda suhbatlashadiganlarga alohida qozon bor.

Naushnigi yo'qligini tushunish mumkin, lekin farosatdan qisib qolgan bo'lsa qiyin ekan.
  • 👏 41
  • 😁 28
  • 🔥 10
  • 👍 9
  • ❤ 1
  • 👎 1
Older posts →

About this channel

How can I read @psixolingvist without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Lingvist Iroda Azimova: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Lingvist Iroda Azimova have?
Lingvist Iroda Azimova (@psixolingvist) has 3.95K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Lingvist Iroda Azimova know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →