Post #1050
637

Jamoaga 140 nafar volontyor saralab olindi
Avvalroq 1000KITOB loyihasi volontyorlik dasturiga nomzodlar qabuli e’lon qilingan edi.
Dastur doirasida respublikaning barcha hududlaridan 580 ta so‘rovnoma kelib tushdi. Nomzodlarning dasturda ishtirok etishdan ko‘zlagan maqsadi, kitob va mutolaaga munosabati, tarjima, media hamda kitob targ‘iboti yo‘nalishlaridagi tajriba va ko‘nikmalari, shuningdek, volontyorlik faoliyatiga ajrata oladigan vaqti inobatga olinib, so‘rovnomalar batafsil o‘rganib chiqildi.
Saralash yakunlariga ko‘ra, dastlabki bosqichda 140 nafar volontyor tanlab olindi.
Volontyorlarning bir qismi bilan 1000KITOB loyihasi ofisida uchrashuv tashkil etildi. Unda dastur doirasidagi ustuvor yo‘nalishlar, volontyorlar jalb etiladigan jarayonlar va kelgusidagi vazifalar haqida ma’lumot berildi.
Aziz volontyorlar, jamoamizga xush kelibsiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

- 👏 17
- 👍 6
- ⚡ 4
- ❤ 4
- 💯 1