TGViewer
1000KITOB 1000KITOB @mingkitobuz · 5.43K subscribers
Post #1045 1.31K
‼️ Ming yil avvalgi shaxmatdan bugungi o‘yingacha

Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston va Hindiston uchrashuvi turnirning eng kutilgan oʻyinlaridan biri sanaladi.

Bu ikki tomon ming yil muqaddam ham uchrashgan, desak nima deysiz? Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy “Hindiston”ni yozar ekan, hind shaxmatini alohida tasvirlaydi: “Bu xil oʻyin bizlarga tanish boʻlmaganidan shu toʻgʻrida bilganimni bayon qilaman”.

Eng qizigʻi – donalarning yurishi bizdagidan teskari. Beruniy yozishicha, u yerda rux “bizdagi fil harakati singari” qiyalama uchinchi xonaga yuradi, fil esa “ruxning maʼlum harakati singari toʻgʻriga” boradi.

Hind taxtasidagi fil haqida boshqa izoh bor: u piyodadek bir xona oldinga, soʻng toʻrt burchakdan biriga bir xona yuradi – “bu xonalar filning xartumi va toʻrt oyogʻi uchlari tushadigan oʻrinlardir”, deyishadi.

Ming yil avval kitob sahifalariga tushgan shaxmat tarixi bugun ko‘z o‘ngimizda davom etmoqda. Ayni daqiqalarda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston va Hindiston jamoalari bir taxta qarshisida.

🔴 Jonli efir

Shaxmatchilarimizga bugungi muhim o‘yinda muvaffaqiyat tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • ❤ 7
  • 🔥 5
  • ⚡ 3
  • 💯 2
  • 🤓 2
  • 🏆 1
More from @mingkitobuz
  1. Sep 26, 2026Jamoaga 140 nafar volontyor saralab olindi Avvalroq 1000KITOB loyihasi volontyorlik dastur…
  2. Sep 24, 2026Post #1049
  3. Sep 24, 2026#charx Falsafani tushunish uchun faylasuf bo‘lish shartmi? “Charx”ni aylantiramiz. Bu gal…
  4. Sep 23, 2026Qo‘lingiz tekkan har bir narsa oltinga aylansa, bu boylikmi? Shoh Midasning orzusi nega un…
  5. Sep 22, 2026Shaharni piyoda kezib ko‘rganmisiz? Bugun Xalqaro avtomobilsiz kun. Shu sana munosabati bi…
  6. Sep 19, 2026#maxzan Eduard Kreygning “Falsafa: O‘ta qisqa tanishtiruv” kitobi atrofidagi mulohazadan b…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →