TGViewer
1000KITOB 1000KITOB @mingkitobuz · 5.43K subscribers
Post #1050 687
Jamoaga 140 nafar volontyor saralab olindi

Avvalroq 1000KITOB loyihasi volontyorlik dasturiga nomzodlar qabuli e’lon qilingan edi.

Dastur doirasida respublikaning barcha hududlaridan 580 ta so‘rovnoma kelib tushdi. Nomzodlarning dasturda ishtirok etishdan ko‘zlagan maqsadi, kitob va mutolaaga munosabati, tarjima, media hamda kitob targ‘iboti yo‘nalishlaridagi tajriba va ko‘nikmalari, shuningdek, volontyorlik faoliyatiga ajrata oladigan vaqti inobatga olinib, so‘rovnomalar batafsil o‘rganib chiqildi.

Saralash yakunlariga ko‘ra, dastlabki bosqichda 140 nafar volontyor tanlab olindi.

Volontyorlarning bir qismi bilan 1000KITOB loyihasi ofisida uchrashuv tashkil etildi. Unda dastur doirasidagi ustuvor yo‘nalishlar, volontyorlar jalb etiladigan jarayonlar va kelgusidagi vazifalar haqida ma’lumot berildi.

Aziz volontyorlar, jamoamizga xush kelibsiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • 👏 18
  • 👍 6
  • ⚡ 4
  • ❤ 4
  • 💯 1
More from @mingkitobuz
  1. Sep 24, 2026Post #1049
  2. Sep 24, 2026#charx Falsafani tushunish uchun faylasuf bo‘lish shartmi? “Charx”ni aylantiramiz. Bu gal…
  3. Sep 23, 2026Qo‘lingiz tekkan har bir narsa oltinga aylansa, bu boylikmi? Shoh Midasning orzusi nega un…
  4. Sep 22, 2026Shaharni piyoda kezib ko‘rganmisiz? Bugun Xalqaro avtomobilsiz kun. Shu sana munosabati bi…
  5. Sep 21, 2026‼️ Ming yil avvalgi shaxmatdan bugungi o‘yingacha Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpi…
  6. Sep 19, 2026#maxzan Eduard Kreygning “Falsafa: O‘ta qisqa tanishtiruv” kitobi atrofidagi mulohazadan b…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →