Shaharni piyoda kezib ko‘rganmisiz?
Bugun Xalqaro avtomobilsiz kun. Shu sana munosabati bilan 1000kitob loyihasi doirasida nashrga tayyorlanayotgan bir asarni eslatib o‘tmoqchimiz.
Jeff Spekning “Piyodabop shahar” (“Walkable City”) kitobi shaharsozlik mavzusidagi eng mashhur asarlardan biri. U 2012-yili bosmadan chiqqach, o‘n yil ichida shaharsozlik bo‘yicha eng ko‘p sotilgan kitobga aylangan, 7 tilga tarjima qilingan va Green Prize for Sustainable Literature mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Kitobning qayta nashrida esa unga 100 sahifadan ortiq yangi material va 8 ta yangi bob qo‘shilgan. Ularda muallif uy-joy tengligi, pandemiya, Uber kabi xizmatlar, haydovchisiz avtomobillar va shahar daraxtzorlari kabi mavzularga to‘xtalgan.
Spek piyodaboplikni shahar hayotining ko‘plab jihatlari bilan bog‘lab tushuntiradi. Piyoda yurish qulay bo‘lgan hududlar yoshlar va ijodkor insonlarni ko‘proq jalb qiladi, avtomobilga ehtiyojning kamayishi oilalarning transport xarajatlarini tejaydi, ko‘chalardagi faollik esa mahalliy iqtisodiyotga ham ta’sir qiladi.
Muallifning fikricha, odamlar sizning shahringizga keladimi yoki boshqasini tanlaydimi, degan savolning javobi ko‘p jihatdan shaharning piyodalar uchun qanchalik qulayligiga bog‘liq.
Asar Amerika shaharlari misolida yozilgan. Lekin undagi savollar o‘zi yashayotgan hudud qanday rivojlanayotgani, ko‘chalar kim uchun va qanday qurilayotgani bilan qiziqqan har bir kitobxonni befarq qoldirmaydi.
Kitob o‘zbek tilida tez orada nashrdan chiqadi va ishonamizki, piyoda kezishni xush ko‘radigan kitobxonlar uchun munosib tuhfa bo‘ladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Post #1046
1.15K

- 🔥 15
- ❤ 6
- ⚡ 4
- 👍 3
- 🥰 2
- 🎉 2
- 👏 1