Tarjima mashaqqatlari (tarjimonlarga layfxak!)
O‘zbek tili feʼl faol qo‘llanadigan til. Rus tili, ingliz tilida ko‘pincha ot yo sifat predikat bo‘lib kelaveradi. Masalan, Maksim Galkin bir paytlar "А мне 26" deb nomlangan konsert bergan edi.
O‘sha yillarda qo‘shiqchi Shahzoda o‘z konsertini "Ijodimga o‘n besh yil" deb nomlagan. O‘zbekchada jumla tugallanmaganligi sezasiz, to‘g‘rimi? Savol paydo bo‘ladi: nima o‘n besh yil?
Ingliz tilidan qilingan tarjimada quyidagicha gap kelyapti:
Demak, so‘z tartibida zamonga bog‘liq o‘zgarish mavjud.
Ko‘zda tutilgan mazmun bunaqa o‘zbekcha gapda chiqmayapti. Maʼno chiqishi uchun o‘zbekchasi qanday bo‘lishi kerak:
Demak, so‘z tartibi zamonga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.
Aksariyat hollarda tarjimadagi g‘alizlik shundan kelib chiqadi. O‘zbekchada shunaqa yo shunga o‘xshash gap eshitganmanmi deb tarjimon o‘ziga savol berib ko‘rishi kerak.
Shuning uchun turkchadan qilingan tarjimalar ancha silliq. Ayrim so‘zlar noo‘rin qo‘llanvorishini aytmaganda.
Xullas, iloji boricha kesim feʼl bilan ifodalangani maʼqul.
@psixolingvist
Post #1034
3.94K
- 👍 28
- ❤ 11
- 🔥 7