Biz hayotni mantiqqa bo‘ysunadi deb o‘ylaymiz. Ammo insonlararo munosabatlarda mantiq ko‘p ham ishlayvermaydi.
Mantiqan kim boshqa odam haqida ko‘proq qayg‘ursa, u haqida ham boshqa odam shunday qayg‘urishi, juda bo‘lmaganda o‘sha qayg‘urgan odamning munosabatini qadrlashi kutiladi.
Lekin hayotda, odatda, o‘sha qayg‘urgan odamdan boshqa qayg‘urmagan, tushunmagan insonlardan ko‘ra ko‘proq xafa bo‘lishadi. Nimaga bunaqa bo‘ladi, deb o‘yladim. Balki, aynan qayg‘urgan odamga sizning xafa bo‘lish-bo‘lmasligingiz baribir emas. U siz xafa bo‘lmasligingizni istaydi. Qaysidir maʼnoda uning siz haqingizda qayg‘urganini ojizlik o‘laroq ko‘rasiz, o‘zingizdan past ko‘rasiz yaʼni... Aynan o‘zingizdan past ko‘rish xafa bo‘lish ko‘rinishida bu munosabatni qadrlamaslik o‘laroq yuzaga chiqadi.
O‘zingizni seving, o‘zingizga eng ko‘p qayg‘uring deyayotgan psixologu nopsixologlar haq bo‘lsa kerak...
@psixolingvist
Post #1046
1.35K
- 👍 17
- ❤ 14
- 😁 11