TGViewer
Lingvist Iroda Azimova Lingvist Iroda Azimova @psixolingvist · 3.94K subscribers
Post #1039 3.09K

Forwarded from Uzbekonomics

Bu odatdagi "yanada takomillashtirish", "yanada isloh qilish" qabilidagi qonun emas. Bu qaror avlodlar kelajagiga, o'zbek tiliga, savodxonlikka va ta'limga uzoq yillar ta'sir qiladi. Albatta ijobiy emas, buni hamma bilib turibdi.

Shuning uchun unga ham shunga yarasha jiddiy, ilmiy va ehtiyotkor yondashish kerak edi. “10 yildan beri shu ustida ishlayapmiz”, “endi cho'zmaylik”, “odamlar ko'nikadi” - bular dalil emas.

Alifboni takomillashtirishga doir qonun loyihasi ustidagi ishlar boshlanganiga 10 yil bo'lgan bo'lsa, shu davr ichida hech bir eksperiment, sinov qilib ko'rildimi? Bir dona bo'lsa ham? Eksperiment, pilot, o'qish tezligi va xatolar bo'yicha test, o'qituvchi va o'quvchilarga tushadigan yuk, jamiyatning moslashish xarajati o'lchanishi kerak edi. Ana o'sha dalil bo'lishi mumkin edi, agar mustaqil va xolis qilingan bo'lsa. Xarajat deganda faqat kitob bosib chiqaradigan xarajat nazarda tutilmaydi.

Mayli, uzoqqa bormay shu yangilikning o'zida qolsam bugungi Senat majlisidagi foto va videolarda ko'pchilik nutqini qog'ozdan o'qiyapti. Qog'ozlarda lotinmi, kirillmi- ko'rinmadi, shuning uchun da'vo qilmayman. Lekin ularning o'zi kundalik hayotida qaysi yozuvdan foydalanadi? Ishonchim komil kirildan. Chunki 35 yil davomida kirildan lotinga to'liq o'ta olmadik. Hali ham kirillda o'qib-yozadigan katta qatlam bor. Bu ularning aybi emasdir, savodi shunda chiqqan. Lekin aynan shuning uchun bugun amaldagi lotinda savod chiqargan o'nlab million odamning yozuvini yana o'zgartirishga ikki karra ehtiyot bo'lish kerak edi.

Gap hozirgi alifbo ideal yoki ideal emasligidamas. Gap uzluksizlik haqida. Yangi alifbo yillar o'tib yana kimgadir yoqmay qoladi, endi 2026 yilda qilingan xatoni to'g'irlashimiz kerak deb qolishadi. Hozir ham ba'zi unli harflarni takomillashtirmadik, uni keyingi safar qilamiz deb turibdi ba'zilar.

Bir avlod kirill va lotin orasida qolgandi. Endi keyingi avlodni eski lotin va yangi lotin orasida qoldiradigan bo'ldik. Xullas, kim nimada yozayotgan bo'lsa shunda yozaveradi, o'qiydi, yangisiga esa asosan majburiy o'tiladi xolos.

@uzbekonomics
  • 🔥 14
  • ❤ 7
  • 👏 5
  • 👍 4
  • 😁 4
  • 👎 3
More from @psixolingvist
  1. Sep 24, 2026Eron bilan o‘yin yaxshi bo‘ldi a? Shomurodov krasavchik, ikkita gol ham o‘ziga munosib bo‘…
  2. Sep 23, 2026Biz hayotni mantiqqa bo‘ysunadi deb o‘ylaymiz. Ammo insonlararo munosabatlarda mantiq ko‘p…
  3. Sep 22, 2026Nasiba Abdullayevaning "Ko‘z yoshimiz" qo‘shig‘i. Birinchi marta so‘zlariga jiddiy eʼtibor…
  4. Sep 21, 2026O‘g‘lim olti yoshligida bergan savol - Aya, men ham sizning ishxonangizga boray. - Nima qi…
  5. Sep 20, 2026Ҳамдардлик Дилрабога Сени бағримга босдим— Чўғни бағримга босдим. Қайғу қонидан шимган Туғ…
  6. Sep 16, 2026Ma’nolar mustaqilligi...
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →