TGViewer
Channel Public Channel
Subscribers
20.1K
Photos
267
Videos
36
Links
1.3K
Recent Posts 19 shown
Post #1932 5.3K
Qiziq rasm ekan. Prezident Tramp Si Szinpin tashrifi munosabati bilan tashkil qilgan ziyofatdan.

Stol atrofida Janubiy Afrika Respublikasidan kelgan bitta va Taivandan kelgan ikkita immigrant tadbirkorlar o'tiribdi. AQSh delegatsiyasi tomondan. Qizig'i, Jensen (Nvidia) va Lisa (AMD) qarindosh.

Va albatta, stol atrofida sloveniyalik immigrant ham bor.

Alabamalik Tim Kuk Appledan ketgan bo'lsa ham ziyofatga chaqirilibdi. Balki, Oq uydagilarning bundan xabari bo'lmasa kerak.

AQShda rasizm yo'q emas, ba'zi (GOPdagi) oq-tanli amerikaliklar o'zlarini boshqa immigrant-amerikaliklardan ustun deb hisoblashadi, ish o'rinlarimizni olib qo'yishyapti, nonimizni yarimta qilishyapti deb gapirishadi, shu kungacha. Masalan, vitse prezident ham shunday gapiradi, turmush o'rtog'i hindistonlik bo'lsa ham. Bu rasm ham bir eslatma bo'libdi - Amerika immigrantlar mamlakati. Ayniqsa Kremniy vodiysiga talaba, ishchi, oilasi orqali kelgan, texnologiya sektoridagi immigrantlarsiz Amerika hozirgi Amerika bo'lmas edi.

@uzbekonomics
  • ❤ 84
  • 👍 36
  • 👏 31
  • 😁 20
Post #1931 8.46K
davletovuz Алишер Навоий номидаги миллий кутубхонанинг орқа ҳудудида
Yoshlar ijod saroyi bilan Milliy kutubxona o'rtasidagi yerni parkovka qilinayotgani majoziy bo'libdi, ayniqsa shaharning qoq markazida. Bu xato albatta. Shahardagi eng qadrli yerni parkovkaga aylantirish bu isrofgarchilik. Shu joyda odamlar yurar edi, biroz bo'lsa ham. 99% vaqtda qimirlamasdan turadigan mashinaga parkovka qilish o'rniga bolalarga, odamlarga yuradigan, dam oladigan joy qilish kerak edi. Milliy kutubxonaning yonida yana.

Bunday parkovkalar shahar markaziga yanada ko'proq mashinalar kirishiga taklifnoma sifatida xizmat qiladi. Uch qadam uzoqda metro bekati bor. Shaharning qoq markazida mashinada kirib kelishga kamroq rag'bat yaratish kerak edi, teskarisi bo'layotgan ekan.

Tabriklayman, markazda yanada ko'proq tirbandlik bo'ladi demak.

@uzbekonomics
  • 🔥 98
  • 💯 48
  • 😢 26
  • ❤ 11
Post #1930 20.2K
Bu narsa qanchalik etikaga va qonunga to'g'ri keladi?

https://www.gazeta.uz/ru/2026/09/17/si-davomat/

Menimcha, shaxsga doir ma'lumotlar haqidagi qonunda ham yozib qo'yilgan - voyaga yetmagan shaxslarning ma'lumotlariga ishlov berish uchun ota-onadan rozilik olish kerak. Har bittasidan.

Undan tashqari, voyaga yetmaganlarning yuzini sun'iy intellekt orqali yig'ish, qayta ishlash va saqlash va eng muhimi ularning tibbiy ma'lumotlari bazasiga ulab qo'yish katta riskli ish emasmi? Xavfli emasmi? Sizib chiqib ketsa shu bolalarning hayotiga xatar emasmi? Tibbiy ma'lumotlarning daxlsizligi kabi narsa ham bor. Uni davomatga ulash menimcha noto'g'ri. Inson va doktor orasidagi ma'lumotlariga uchinchi shaxslarning egalik qilishi ham etikaga ham qonunga ham to'g'ri kelmasligi kerak. Ayniqsa yoshlarning.

Raqamlashtirish yaxshi, lekin bunisi menimcha ortiqcha. Texnologiyani maktablarni zamonaviylashtirishga, darsxona sharoitlarini yaxshilashga ishlatish maqsadga muvofiq. Davomatni qilishning boshqa yo'llari ham bor bo'lishi kerak, bolalarning yuzini AI-kameralar bilan kuzatib, ishlov berib, dashboardlarda chiqarib qo'ymasdan.

Podkastimizning oxirgi epizodida gaplashgan mavzuga tayyor yangi misol-keys ekan.

@uzbekonomics
Газета.uz Цифровая система анализа качества образования запускается в Ташкенте В Ташкенте внедряют систему анализа качества образования и контроля посещаемости в школах SI Davomat («ИИ-посещаемость»). Она уже тестируется в 26 школах Сергелийского района. По результатам эксперимента систему планируется внедрить и в других общеобразовательных…
  • 💯 59
  • ❤ 13
  • 🔥 9
  • 👍 1
Post #1929 9.98K
​​Agar sizda $100 bo'lsa va do'konga kirib unga oziq-ovqat sotib olmaganingiz sababli siz $100 ishlab topgan bo'lmaysiz. Siz shunchaki oziq-ovqatsiz qolgan bo'lasiz. Yoki, siz $1000ga kompyuter sotib olsangiz $1000ni yoqotgan bo'lmaysiz, siz $1000 evaziga kompyuterga ega bo'lib qolgan bo'lasiz. Oziq-ovqat va kompyuter sotib olmasangiz siz yoki ochlikdan qiynalasiz, yoki ishlay olmaysiz yoki qiymat yarata olmaysiz. Qo'lingizdagi pulni hech narsaga ayirboshlay olmaslik bu yutuq emas.

Agar sizga bu tushunchalar tushunarli bo'lsa - tabriklayman.

Ba'zilarga shu iqtisodiyotning eng odda, eng sodda tushunchalari, savdo, defitsit haqida bazaviy tushunchalar haligacha yetib bormagani, yaxshilab tushuntirilmagani odamni hayron qoldiradi.

AQShda iqtisodiy savodsizlik 10 yildan beri kun tartibida turgani odamni achintiradi.

@uzbekonomics
  • 🤯 62
  • 😁 49
  • ❤ 19
  • 🔥 14
Post #1928 7.49K
Fedrezerv stavkani ko'taribdi, kutilganidek. 2023 yildan beri birinchi marotaba. Hatto Tramp tayinlagan va foizlarni tushirish kerakligini har kuni eshitadigan Kevin Warsh ham vaziyatni (inflyatsiyani) inkor eta olmadi.

@uzbekonomics
  • 😱 58
  • 💯 16
  • 👍 10
  • ❤ 6
Post #1926 13K
Bugun yonilg'i (dizel) narxi tarixiy maksimumga chiqibdi.

Peter Navarro degan iqtisodchi bor. Savdo masalasi bo'yicha maslahatchi. Buzg'unchi import bojlarini oshirish dasturining boshida turishdan tashqari Eronga urush qilsak benzin narxi tushadi degandi.

@uzbekonomics
  • 😁 91
  • ❤ 15
  • 🤯 9
  • 👏 1
Post #1925 7.31K
AQShda mutlaqo hamma narsaning narxi oshgan. Benzindan tortib ipotekagacha. Asosiy sabab albatta Eron bilan urush avantyurasi. Ikkinchi sababi tariflar. Uchinchi sababi immigratsiya siyosati.

Menimcha, fevral oyidan beri davom etadigan Eron bilan urush AQSh tashqi siyosat tarixida eng katta xatolardan biri.

Fevraldan beri davom etadigan urushga AQSh 40 milliard xarajat qilib bo'lgan, raketalar zaxirasining uchdan ikki qismini tugatib bo'lgan, va mavjud bo'lmagan muammoni - yopiq Xormuzni yaratgan va natijada neft va barcha tovarlarga narx oshib ketishiga sababchi bo'lgan. Eng qizig'i, urushdan hech qanday natija ham olinmagan, olinishi kutilmaydi ham.

Aql bovar qilmaydigan darajada rookie mistake. Havaskorlar ligasida ham bunday xato qilishmaydi.

Asossiz va noqonuniy e'lon qilingan tariflarning asorati haligacha bilinadi. Federal byudjetdan Amazonga, boshqa riteylerlarga AQSh hukumati import tariflari orqali noqonuniy yig'ib olingan boj pullarini qaytarib beryapti. Chunki sud aytdi. Bu ishlaring noqonuniy edi deb. Lekin, iste'molchiga albatta qaytib kelmaydi u pullar. Narxlar va inflyatsiya sticky, ular birdaniga tushib qolmaydi.

@uzbekonomics
  • 💯 86
  • 👍 19
  • 😁 13
  • ❤ 7
Post #1924 6.79K
Maykl Kremer Jahon Bankining yangi bosh iqtisodchisi etib tayinlanibdi. Development economics yo'nalishi uchun juda yaxshi yangilik.

2019 yilda Duflo va Banerjee bilan birga Nobel mukofotini olgan edi. Chicagoga ketib qolishidan oldin uning bir nechta ma'ruzalariga borishga ulgurgan edim.

https://www.bloomberg.com/news/articles/2026-09-16/nobel-laureate-michael-kremer-picked-as-world-bank-top-economist

@uzbekonomics
Bloomberg.com Nobel Laureate Michael Kremer Picked as World Bank Top Economist The World Bank Group said that Nobel laureate Michael Kremer will serve as its new chief economist starting Oct. 1, heading research for the institution, according to a statement Wednesday.
  • ❤ 26
  • 👍 18
  • 🔥 3
Post #1923 7.75K
​​Qilichboz iqtisodchilar.

Mana shu argentinalik qiz, Isabel Di Tella bugun Janubiy Amerika o'yinlarida qilichbozlik bo'yicha oltin medalni olibdi. Argentinani xalqaro maydonlarda himoya qilar ekan. Tasodifan ko'rib, biografiyasiga qiziqib ketdim.

U oddiy sportchi emas. Hozirda MITda iqtisodiyot yo'nalishida PhD qilmoqda ekan. Bakalavrni esa Harvardda o'qigan ekan, matematik. MITdagi tadqiqotlari mehnat bozori/iqtisodiyoti haqida ekan.

Isabelning otasi Rafael Di Tella - argentinalik iqtisodchi, professor. Harvardda 1990-yillarning oxiridan beri ishlaydi, ko'p to'qnashganman. Bilmaganim, Rafael ham bir payt qilichbozlik bilan shug'ullangan va 1992 yilgi qishgi olimpiadada qatnashgan ekan. Rafiqasi ham sportchi - chang'ida uchish bo'yicha Argentina sharafini 1988 va 1992 yilgi olimpiadalarda himoya qilgan ekan.

Qizig'i, Isabelning akasi Pascual ham qilichboz va u ham chempion ekan. CVsiga ko'z yugurtirsam u Duke universitetida sportchi-talaba bo'lgan, va qilichbozlik bilan u yerda ham shug'ullangan, talabalar orasida musobaqalarda qatnashib chempion ekan. E'tibor bersam aynan men o'qigan yillarda. Dukeda o'qiganimda havaskor sifatida qilichbozlik bilan ham shug'ullangan edim. Pascual bilan murabbiyimiz bir bo'lgan ekan, balki bir zalda to'qnashgandirmiz.

P.S. Kirib ketdim ichiga: Rafael Di Tellaning otasi Guido, yani Isabelning bobosi ham MITda iqtisodiyotdan PhD qilgan ekan. Keyin Argentina tashqi ishlar vaziri va AQShga elchi ham bo'lgan ekan.

@uzbekonomics
  • ❤ 98
  • 🔥 60
  • 👍 25
  • 🤔 2
Post #1922 7.1K
Har oyda necha marta "Eronga qarshi urush tugadi, biz g'alaba qozondik" deb aytilgani haqida.

Tired of winning. So much winning.

@uzbekonomics
  • 😁 199
  • ❤ 6
  • 🤔 4
  • 👍 1
Post #1921 6.67K
AQSh g'aznachilik obligatsiyalarining bozordagi qaytimi 5%dan oshib ketdi. Bu yomon belgi. Neftning narxi yana $100dan ko'tarilgan. Fed kelayotgan yig'ilishda foiz stavkasini ko'tarish ehtimoli oshgan. AQShda benzin narxi tarixiy maksimumda. Yo’q joydan yaratilgan muammolar, shularning barchasi.

Yaxshiyam AI capex bor ekan, iqtisodiyotni biroz bo’lsa ham ushlab turgan.

@uzbekonomics
  • 🔥 49
  • 😁 13
  • 👍 6
  • 😢 3
Post #1919 9.26K
Aslida oxirgi kunlarda frontier AI korxonalardan doomsday vahimalar, va AI laboratoriyalar rivojlanishni to'xtatishi kerakligi, davlatning aralashuvi kerakligi haqidagi gaplarning tagida boshqa omil ham bor deb o'ylayman:

OpenAI va Anthropicning open-source/open-weight modellardan xavotirlanishi faqat AI xavfsizligi bilan bog'liq emas. Sababi kompaniyalar, davlatlar va AI startaplari tobora ko'proq ochiq modellarga o'tayotgandek. Ular arzonroq, o'z serveringda ishlatish mumkin, moslashtirish oson, ma'lumotlarni OpenAI va Anthropicga bermaysiz. Bu esa OpenAI va Anthropic uchun mijoz va token daromadining yo'qolishi degani.

Shuning uchun AI xavfsizligi nomi ostidagi yangi regulyatsiyalarni ham diqqat bilan kuzatish kerak menimcha. Chunki juda qimmat compliance va litsenziyalash talablari eng avvalo kichik laboratoriyalar va open-sourceni siqib chiqarib, bozorda aynan katta frontier kompaniyalarni mustahkamlaydi. Bu narsa - regulatory capture boshqa istalgan sanoatda ham bor.

Bu xavfsizlik muammolari uydirma demoqchimasman, aslo. Lekin xavfsizlik argumenti bilan tijoriy manfaat bir-birini mutlaqo inkor qilmaydi.

@uzbekonomics
  • 💯 48
  • ❤ 14
  • 👍 14
  • 🤔 2
Post #1918 7.62K
Qiziq, Antropicning asoschisi va rahbari Dario Amodei AIning xavflari, uning rivojlanish tezligini pasaytirish kerakligi haqida insho yozibdi. Davlatning regulyatsiyasi kerakligi, industriyada boshqa yetakchi AI laboratoriyalar bilan koordinatsiya qilib eng muhimi Xitoyni ham AI rivojlanishidagi harakatlarini sekinlashtirish kerakligi haqida yozibdi (masalan ularga chiplarni sotmaslik). Lekin, Xitoy bilan AIni sekinlashtirish haqida kelishuvning ehtimoli 0%ga teng. Bunday kelishuvni AQShni o'zida ham qilib bo'lmaydi, shunga Dario davlatni faollikka chaqirmoqda.

Darioga ko'ra, agar hozir AI rivojlanish tezligini pasaytirmasak, 6-12 oy ichida butun internetni AI qo'lga olishi mumkin ekan. Texnologiyaning rekursiv o'zini o'zi takomillashtirish qobiliyati va HuggingFace bilan bo'lgan vaziyat xavotir uyg'otayotgan ekan.

Bilmadim, menga Anthropicdan chiqayotgan xabarlar aynan IPOdan oldin bo'layotgani biroz g'alati tuyilmoqda.

Aytgancha, Darioning gaplariga, Elon Musk va Sem Altman ham qo'shilishibdi. Musk tushunarli, SpaceX uchun OpenAI va Anthropic qancha sekinshlashsa shuncha yaxshi bo'lsa kerak.

@uzbekonomics
Darioamodei Dario Amodei — We Must Pace the Frontier
  • ❤ 29
  • 🤔 7
  • 😱 2
Post #1917 14.8K
The Wall Street Journalning bugungi muqovasi.

25 yil bo'libdi. Dunyo shu kuni butunlay o'zgarib ketgan edi. Esimda, shu onda ko'chada mahalladagi bolalar bilan futbol o'ynab yurgan edim, "uyga kir, urush boshlandi" degan gapni o'zgacha ohangda eshitiboq uyga kirganim va jonli efirda barchasini tik turib ko'rganim esimda.

@uzbekonomics
  • 😢 97
  • ❤ 25
  • 👍 3
  • 💯 3
Post #1916 10.3K
Uzbekonomics Oqibatlardan biri: ch va sh harfi bor ismlarni qo'yish kamayadi. Maslahatim ham shu, lekin uzoqni o'ylagan ota-onalar farzandlariga bunday harfi bor ismlarni qo'yishdan tiyilishsa kerak endi. Kimdir uni dum bilan yozadi, kimdir dumsiz, tinchgina bu muammo…
Oqibatlardan yana biri nafaqat kirilda yozish ko'payadi balki o'zbek zabon ota-onalar tomonidan farzandlari uchun maktabda rus tilida dars o'tadigan sinflarga va universitetlarda rus tilidagi potoklarga talab oshadi. Ingliz tilidagilarga ham.

Qoidasi, va yozuvi tez-tez, asossiz va palapartish o'zgarmaydigan til bo'lsa, kitoblari mavjud bo'lgan til bo'lsa, farzandlarimiz 1-sinfda ham, 11-sinfda ham bitta yozuvda o'qishini, savodli bo'lishini, uzluksiz ta'lim olishini istayman desa kerak istalgan ota-ona.

@uzbekonomics
  • 💯 152
  • 🔥 19
  • ❤ 14
  • 🤔 10
Post #1915 8.62K
Hurmatli do‘stlar,

Sizni, do'stimiz, Illinoys universiteti doktoranti Ikromjon Tuhtasunov tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot doirasidagi so‘rovnomada ishtirok etishga taklif qilamiz. Tadqiqot O‘zbekistondagi mahalliy rivojlanish dasturlariga oid fuqarolar fikri va tajribasini o‘rganishga qaratilgan.

So‘rovnomani to‘ldirish 15–20 daqiqa vaqt oladi. Ishtirokingiz evaziga siz $4.50 miqdoridagi mukofot yutib olish imkonini beruvchi qur’ada qatnashishingiz mumkin.

Agar ishtirok etishga rozilik bildirsangiz, so‘rovnomani quyidagi havola orqali boshlashingiz mumkin:
🔗 https://illinois.qualtrics.com/jfe/form/SV_7W1RJf0oo4jY6UK

Oldindan rahmat! Sizning ishtirokingiz ushbu ilmiy tadqiqot uchun juda muhim.
Qualtrics Davlat Xizmatlari va Fuqarolar Tajribasi borasidagi So‘rovnoma O‘zbekistondagi mahalliy rivojlanish loyihalariga oid fuqarolar tajribasini o'rganishimizga yordam bering. So‘rovnomani to‘ldirib, davlat boshqaruvi borasidagi muhim ilmiy tadqiqotga hissa qo‘shing
  • 👍 54
  • 🔥 11
  • 😁 10
  • ❤ 5
Post #1914 14.3K
Bu odatdagi "yanada takomillashtirish", "yanada isloh qilish" qabilidagi qonun emas. Bu qaror avlodlar kelajagiga, o'zbek tiliga, savodxonlikka va ta'limga uzoq yillar ta'sir qiladi. Albatta ijobiy emas, buni hamma bilib turibdi.

Shuning uchun unga ham shunga yarasha jiddiy, ilmiy va ehtiyotkor yondashish kerak edi. “10 yildan beri shu ustida ishlayapmiz”, “endi cho'zmaylik”, “odamlar ko'nikadi” - bular dalil emas.

Alifboni takomillashtirishga doir qonun loyihasi ustidagi ishlar boshlanganiga 10 yil bo'lgan bo'lsa, shu davr ichida hech bir eksperiment, sinov qilib ko'rildimi? Bir dona bo'lsa ham? Eksperiment, pilot, o'qish tezligi va xatolar bo'yicha test, o'qituvchi va o'quvchilarga tushadigan yuk, jamiyatning moslashish xarajati o'lchanishi kerak edi. Ana o'sha dalil bo'lishi mumkin edi, agar mustaqil va xolis qilingan bo'lsa. Xarajat deganda faqat kitob bosib chiqaradigan xarajat nazarda tutilmaydi.

Mayli, uzoqqa bormay shu yangilikning o'zida qolsam bugungi Senat majlisidagi foto va videolarda ko'pchilik nutqini qog'ozdan o'qiyapti. Qog'ozlarda lotinmi, kirillmi- ko'rinmadi, shuning uchun da'vo qilmayman. Lekin ularning o'zi kundalik hayotida qaysi yozuvdan foydalanadi? Ishonchim komil kirildan. Chunki 35 yil davomida kirildan lotinga to'liq o'ta olmadik. Hali ham kirillda o'qib-yozadigan katta qatlam bor. Bu ularning aybi emasdir, savodi shunda chiqqan. Lekin aynan shuning uchun bugun amaldagi lotinda savod chiqargan o'nlab million odamning yozuvini yana o'zgartirishga ikki karra ehtiyot bo'lish kerak edi.

Gap hozirgi alifbo ideal yoki ideal emasligidamas. Gap uzluksizlik haqida. Yangi alifbo yillar o'tib yana kimgadir yoqmay qoladi, endi 2026 yilda qilingan xatoni to'g'irlashimiz kerak deb qolishadi. Hozir ham ba'zi unli harflarni takomillashtirmadik, uni keyingi safar qilamiz deb turibdi ba'zilar.

Bir avlod kirill va lotin orasida qolgandi. Endi keyingi avlodni eski lotin va yangi lotin orasida qoldiradigan bo'ldik. Xullas, kim nimada yozayotgan bo'lsa shunda yozaveradi, o'qiydi, yangisiga esa asosan majburiy o'tiladi xolos.

@uzbekonomics
  • 💯 119
  • 😢 30
  • ❤ 10
  • 👏 6
Post #1913 8.09K
Oqibatlardan biri: ch va sh harfi bor ismlarni qo'yish kamayadi. Maslahatim ham shu, lekin uzoqni o'ylagan ota-onalar farzandlariga bunday harfi bor ismlarni qo'yishdan tiyilishsa kerak endi. Kimdir uni dum bilan yozadi, kimdir dumsiz, tinchgina bu muammo bilan to'qnashmasin farzandimiz deyishadi.

@uzbekonomics
  • 😁 260
  • 💯 48
  • 😢 30
  • 👏 3
Older posts →

About this channel

How can I read @uzbekonomics without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Uzbekonomics: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Uzbekonomics have?
Uzbekonomics (@uzbekonomics) has 20.1K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Uzbekonomics know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →