TGViewer
Channel Public Channel
Qizingiz yozdi...

Qizingiz yozdi...

@qizingizyozdi

Sahifa yurituvchisi, o‘zini maorif qo‘shinining kichik askari deb hisoblovchi — o‘qish va o‘qitishda halovat topgan biri — shaxsiy kuzatishlari hamda o‘qiganlarini o‘rtoqlashish niyatida.

Yozganlari Sizga ham foydali bo‘lishidan umid qiladi.
Subscribers
6.72K
Photos
481
Videos
11
Links
13
Recent Posts 15 shown
Post #3401 758
Fotima bilan o‘tirganimizning belgilari bo‘ladi.
  • ❤ 78
Post #3399 2.53K
SIZ QANDAY DUO QILASIZ?

Postni o‘qishdan avval savollar:

• «Inshaalloh» so‘zi nega ishlatilishi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?
• Siz uni qanday holatlarda ishlatasiz?

🩷«Inshaalloh»ning lug‘atda ma’nosi — «agar Alloh istasa», «Xudo xohlasa», degani.

🩷Istilohda esa u «mo‘minlar orasida keng tarqalgan so‘zlardan bo‘lib, mo‘min kishi amalga oshirmoqchi bo‘lgan ish-harakati Alloh xohlasagina sodir bo‘lishini ta’kidlash uchun ishlatadigan so‘z» deb ta’riflanadi.

Nega aynan «inshaalloh» so‘zini ishlatamiz?

Bu «Kahf» surasidagi quyidagi oyatdan olingan:
{ وَلَا تَقُولَنَّ لِشَا۟یۡءٍ إِنِّی فَاعِلࣱ ذَ ٰ⁠لِكَ غَدًا ○ إِلَّاۤ أَن یَشَاۤءَ ٱللَّهُۚ وَٱذۡكُر رَّبَّكَ إِذَا نَسِیتَ وَقُلۡ عَسَىٰۤ أَن یَهۡدِیَنِ رَبِّی لِأَقۡرَبَ مِنۡ هَـٰذَا رَشَدࣰا }
[سُورَةُ الكَهۡفِ: ٢٣-٢٤]

23. Biror narsa haqida: «Men, albatta, ertaga shuni qiluvchiman», deya ko‘rmang!

24. Illo, «Inshaalloh, (Alloh xohlasa)», deng. Bu so‘zni unutgan vaqtingizda (yodingizga kelishi bilan) Rabbingizni zikr qiling (ya’ni, «inshaalloh», deng) va: «Shoyad Rabbim meni bundan ham yaqinroq to‘g‘ri yo‘lga hidoyat etsa», deng!

Qur’oni karim «inshaalloh» so‘zini kelajak ishlar haqida so‘zlaganda qo‘llash hamda ishimiz agar Robbimiz xohlasagina amalga oshishini unutmasligimiz lozimligi bilinadi.

Ammo biz so‘nggi yillarda «inshaalloh»ni boshqacha ishlatayotgandekmiz. Masalan, mana bunday:

«Alloh nasib etsin, inshaalloh».

«Alloh izzat qilsin Sizni, inshaalloh».

«Robbim muvaffaq qilsin Sizni, inshaalloh. Duolarda uchrashaylik, inshaalloh» va hokazo.

عن أبي هريرة أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: «لا يقولنَّ أحدكم: اللهمَّ اغفر لي إن شِئت، اللهم ارحمني إن شِئت. ليعزم في الدعاء؛ فإنَّ الله صانع ما شاء لا مكره له» (رواه البخاري: [6339]، ومسلم: [2679])

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz: “Ey Alloh, agar xohlasang, meni kechir. Ey Alloh, agar xohlasang, menga rahm qil”, demasin! Duosida qat’iy so‘rasin. Chunki Alloh istagan narsasini qiluvchidir, Unga qiyin narsa yo‘q», dedilar.
(Buxoriy: 6339; Muslim: 2678.)

Imom Ahmad rohimahullohning rivoyatlarida:

«فليعزم مسألته»
— «So‘rashini mahkam qilsin», so‘zi bilan kelgan.

قال بدر الدين العيني: «قوله: «فليعزم المسألة» أي: فليقطع بالسؤال، ولا يُعلِّق بالمشيئة؛ إذ في التعليق صورة الاستغناء عن المطلوب منه والمطلوب» (عمدة القاري: [22/299])

Ushbu hadis sharhida Badruddin Ayniy rohimahulloh shunday deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Duosini mahkam qilsin» so‘zlarining ma’nosi — qat’iy so‘rasin, duosini qattiq turib olib so‘rasin, oxirida «agar xohlasang», deb qo‘shib qo‘ymasin. Chunki bunda — «agar xohlasang», deb qo‘shimcha qilishda — Undan so‘ralayotgan Zotdan (Alloh taolodan) va so‘ralgan narsadan behojatlik ma’nosi bor.
(Umdatul Qoriy, 22/299.)

«Xohlasangiz, kitobingizni berib turing», desam, «xohlamasangiz, bermang», degani bo‘ladi.

«To‘yga o‘tarsiz, xohlasangiz», desam, «xohlamasangiz, kelmasangiz ham bo‘ladi», deb tushunishingiz mumkin.

Duodagi holat ham shunday: «Agar xohlasang, rahm qil», degani — «xohlamasang, rahm qilma, rahm qilmasang ham bo‘laveradi», degani bo‘lib qolishi mumkin.

Banda Robbisining yordamiga juda muhtoj ekani, o‘zi ojizligi, gunohkorligi, borishga boshqa eshigi yo‘q faqirligini izhor qilib duo qiladi. «Xohlasang berarsan, bermasang, o‘zing bilasan», deyish qul Xojasiga, faqir mutlaq Behojatga aytadigan gap emas. Hatto, bu kabi so‘rash ikki ojiz — banda bilan banda o‘rtasida ham namunali holat emas.

Yuqoridagi hadis misolida Alloh taolo bizga ishonch bilan, qat’iy turib, muhtojlikni izhor qilib duo qilishimizni buyurganini ko‘rdik. Qurʼon va hadisda kelgan duolarga qarasangiz ham «inshaalloh» so‘zini ko‘rmaysiz.

Bu maqolani o‘qiyotgan azizlarimiz aslo behojatlik ma’nosida «inshaalloh» so‘zini ishlatmasalar kerak. Ularning bu so‘zni duodan so‘ng ishlatishlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqlid asosida shakllanib qolgan bo‘lishi mumkin.(Nazarimda, bu turk mediasi, adabiyotlari vhkzlar orqali ommalashdi.)

Alloh taolo bizga O‘zi istagan shaklda duolar qilishimizni va ularning ijobatini eng xayrli tarzda yetishimizni nasib etsin. Omin🌸

22.01.2023

@qizingizyozdi
  • ❤ 152
Post #3398 2.93K
🇺🇿
24.09.26, UNGA, New York
  • ❤ 272
Post #3394 3.18K
🎁☕️
  • ❤ 77
Post #3388 3.65K
Tanaffusdagi o‘ylar

Oxirgi kunlar hecham o‘zini birov bilan solishtirmaslik kerak, deb ko‘p eshitib yurgandim. Qanday qilish mumkin, deb.

Lekin insonda o‘zini birovga qiyoslash tabiiy ravishda mavjud.

Balki uning rivoji uchun bu kerakdir ham.

Demak, masalaga solishtiruvni mutlaq inkor qilish emas, uni to‘g‘ri o‘zanga solish yechim bo‘loladi.

Ibn Hazm Andalusiy aytganidek,

انظر في المال والحال والصحة إلى من دونك
وانظر في العلم والدين والفضائل إلى من فوقك
ابن حزم الأندلسي

Mol-dunyo, vaziyat va sog‘liqda o‘zingdan pastdagilarga boq.

Din-diyonat, ilm va fazilatli ishlarda o‘zingdan yuqoridagiga boq.

@qizingizyozdi
  • ❤ 37
Post #3378 8.79K
Ortiqcha bezak berilgan, yaltir-yultir, hashamdor narsalar baraka topib ishlatish uchun ishlabchiqarilmaydi, deb o‘ylayman.

Baʼzan mushaflar ustiga oltin-kumush yoki shu kabi metallardan qo‘lni tirnaydigan g‘ilof va gazakli muqovalar qilinganini ko‘ramiz.

Shu kabi kitoblarni dars qilib o‘rganuvchi va qorilikka harakat qilayotganlar xaridor bo‘lmaydi, chunki bunday musʼhaflarni ishlatish, olib yurish mashaqqat.

Ularni musʼhafni shkaf tepasiga suvenir qilib qo‘yadiganlar oladi.

Doimiy o‘qib yuradigan kishi ushlash va ko‘tarishga qulay, varaqlari sifatli, yorqin rangda bo‘lmagan, chiroyli va tiniq yozuvli musʼhafni qidiradi.

Donalari orasida temir bezak bilan ajratilgan kokilli tasbehlar, yuziga toshcha yopishtirilgan zikirmatiklar ham shunaqa.

Hayvon terisidan qilingan hashamdor joynamozlar ham shunday.

Ibodat qilaman degan odamga pokiza yer yoki ixcham buklanadigan, yengil namozlik yaxshi. Zikr qilishga barmoq bo‘g‘inlaringiz, hisobda adashaman desangiz, odmigina elektron yoki qo‘lga mos dona tasbeh yaxshi.

Ha, narsalar xo‘jako‘rsinga bo‘lsa, foydalanishga bo‘lmaydi.

@qizingizyozdi
  • ❤ 120
  • 👍 46
  • 🔥 40
Post #3375 4.83K
Ustoz bir ko‘rib chiqsalar, paxmoqqina ilmiy ishim keratin qildirganga o‘xshab qoladi😂
  • 😁 215
  • ❤ 35
  • 🔥 26
Post #3373 5.03K
— So‘ramasezam etaman😌:

— So‘ramasam, aytmang. So‘rasam ham aytmasangiz, roziman😏
  • 😁 190
  • ❤ 41
  • 🔥 33
Post #3372 5.31K
Tilaklarim bo‘ladi.

Ularning amalga oshishi menga nega kerakligi haqida ko‘p o‘ylayman.

Ijobat bo‘lib ketsa, ular menga nima beradi, nimalarimni evaz sifatida oladi, deb ko‘p o‘ylayman. 

Keyin istaklarim ikkiga ajralib qoladi, ko‘pining ahamiyati kamayib, istamay qolaman.

Neʼmatlar qanotlarida sinovlar bilan keladi. Har narsaning badali bor.

Aql va qalb uchun foydali mashq.

@qizingizyozdi
  • ❤ 131
  • 🔥 46
  • 👍 10
Post #3369 15.5K
Universitetda o‘qiyotgan qizlarga yaxshi yerdan sovchi kelib, «o‘qishini davom ettiraveradi, o‘zimiz o‘qitamiz», degan va’daga ishonib berib, kelinni olgandan keyin o‘qitmay qo‘yishgani sabab janjallar yoki xafagarchiliklarni ko‘ramiz.

Birinchidan, agar qizingizning o‘qishi siz uchun juda qimmatli bo‘lsa, uni birovning insofiga topshirmasligingiz kerak edi.

Topshirdingizmi, demak, siz uchun o‘qish u qadar qiymatli emas ekan, «yaxshi joydan» kelib qolgani uchun imkonni boy bergingiz kelmagan bo‘lsa.

O‘zingiz qo‘riqlay olmagan narsani boshqa birov qo‘riqlab bermagani uchun xafa bo‘lib yurmang.

Ikkita stulga birdan o‘tirib bo‘lmaydi.

Xullas, tanlov qilish kerak. Tanlov oqibatlariga ham rozi bo‘lish kerak.
Men student qizimning 6 yillik o‘qishi tugamaguncha hech qanday sovchilar va takliflarni ko‘rib ham o‘tirmaymiz, deb qat’iy tayinlaganman. Ayolimga kim bo‘lishidan qat’i nazar, menga xabar qilmasdan rad javobini berish vakolatini topshirganman.
Yozda qizim O‘shga ta’tilga qaytgan paytda bir xususiy klinikada praktikada yuradi. Qizimga ham tayinlaganman: «Katta xotinlar bo‘yi yetgan qizlardan “Kimning qizisiz? Uyingiz qayerda? Ota-onangizning telefonini bering”, deb so‘rashadi. Istihola qilib o‘tirmay, konkret javob ber, o‘sha yerda bu temani yopib kel», deb tushuntirganman.

Bizning jamiyatda qizlar o‘qib, sal yoshi kattalashsa, «QARI QIZ BO‘LIB QOLASAN», deb qarindosh va yaqin ayollardan bo‘ladigan ruhiy bosimlar kuchli. Bo‘lib ham, biz qishloqda yashaymiz, bizda odamlar ancha konservativ. Shu paytda ota qiziga dalda bo‘lishi kerak, deb bilaman. Hech qanday «qari qiz» degan tushunchadan vahima qilmaslikni, hammaning tengi chiqishini, o‘qiganlar bilan o‘qimaganlar teng bo‘lmasligini tushuntirib, podderjka qilib turish kerak.

Qizlarimning o‘qishi men uchun eng prioritet narsaki, men buni birovning insofiga topshirolmayman.

© A. Ortiqov

@qizingizyozdi
  • ❤ 266
  • 🔥 127
  • 👍 72
  • 😁 12
Post #3368 6.55K
«اعلم أن أول تلبيس إبليس على الناس صدهم عن العلم؛ لأن العلم نور، فإذا أطفأ مصابيحهم خبطهم في الظلام كيف شاء»

Bilgil-ki, Iblisning odamlarni yo‘ldan ozdirishdagi ilk hiylasi — ularni ilm olishdan to‘sishidir.

Chunki ilm yorug‘likdir. Qachonki (shayton) ularning chiroqlarini o‘chirib olsa, odamlarni qorong‘ilik ichida istaganicha adashtirib-uloqtirib yuradi.

©Ibn Javziy
  • 👍 81
  • 🔥 64
  • ❤ 52
Post #3367 6.93K
Butun dunyo menga hasad qiladi, deb o‘ylaydigan ayolga achinaman. Holbuki, uning hayotda bor-yo‘g‘i erishgani — turmushga chiqqani, xolos.

©Ayman Yog‘iy
  • 😁 265
  • ❤ 40
  • 🔥 31
  • 👍 10
Post #3336 8.24K
MAHR NEGA KERAK🕯️

«Nikohning foydalari va (undan ko‘zlangan) maqsadlarga  oʻzaro hamjihatlik orqaligina erishiladi.

Agar ayol kishi erining huzurida aziz-u mukarram boʻlmasa, bu hamjihatlikka aslo erishib boʻlmaydi.

Ayol kishining qadr-qimmati unga yetishish yoʻllari qiyin boʻlgandagina er kishining nazarida yuqori boʻladi.

Chunki qoʻlga kiritish qiyin boʻlgan narsa insonga aziz ko‘rinadi va uni mahkam tutishga (yoʻqotib qo‘ymaslikka) harakat qiladi.

Aksincha, erishish oson boʻlgan narsaning qadri pasayadi va uni qoʻlda ushlab turish ham oson (ahamiyatsiz) boʻlib qoladi.

Qachonki ayolning eri oldida qadri pasaysa, ayol o‘zidan xavotirga tushadi hamjihatlik yoʻqoladi va nikohdan koʻzlangan maqsadlarga erishib boʻlmaydi.

Negaki, (nikoh shartnomasi bilan erga o‘tadigan) egalik huquqi ayolning o‘z nafsi va jinsiy yaqinlikdan bahramand bo‘lish huquqi evaziga yuzaga chiqadi.

Hur ayol ustidan bunday egalik hukmlari esa mohiyatan kamsitilish hissini uyg‘otadi.

Shuning uchun ham, ushbu maʼnaviy xorlik va kamsitilishni o‘rnini qoplash (kompensatsiya qilish) uchun uning muqobiliga (er tomonidan) albatta qadrli, qiymatga ega bo‘lgan mol-mulk (yaʼni mahr) berilishi shartdir».

Alouddin Kosoniy, «Badoiuʼ-s-sanoiʼ» 3-j/485-s.
➖➖➖➖➖➖➖➖

«Badoiuʼ-s-sanoiʼ»ni Alouddin Kosoniy ustozi Alouddin Samarqandiyning «Tuhfatu-l-fuqaho» nomli asariga sharh sifatida yozgan.
Unga mukofot o‘laroq, ustoz qizi Fotima Samarqandiyyani Kosoniyga nikohlab bergan.

Fotima zamonasining yetuk faqihalaridan edi. Mahri ham izzatiga yarasha yangi dunyoga kelgan durdona kitob bo‘lgan. 

O‘sha voqeaga ishora qiluvchi ibora mashhur:
شَرَحَ تُحْفَتَهُ وَزَوَّجَهُ ابْنَتَهُ

«Tuhfa» siga sharh bitdi,
Qizini «olib» ketdi».

Qaysi yilli edi, Amerikadagi Yaqeen tadqiqotlar instituti mazkur uch faqih haqida «The Brilliant Trio» — «Olmos uchlik» degan videolavha tayyorlagandi.

➖➖➖➖➖➖➖➖

Yuqoridagi parchani qayta-qayta o‘qib hayron qolyapman. 12-asrda yozilgan yurisprudensiyaga oid asardagi psixologik tahlilni qarang!

Yagona mavzu kesimida erkak ruhiyatini alohida, ayol ruhiyatini alohida, o‘ta aniqlik bilan tahlil qiladi. Muammoga yechim sifatida mahrni keltiradi. Erkak kishi rasxod qilganini qadrlaydi, degan qarash o‘shanda ham bo‘lgan, demak🩷

(Albatta, bu fiqhiy hukmlarga qo‘shimcha tarzda keltirilgan.)

Alloma Kosoniyni Alloh taolo rahmatiga olsin!

@qizingizyozdi
  • ❤ 29
  • 🔥 5
  • 😁 5
Post #3327 8.15K
Eski post ekan:

Qurʼonni noldan boshlab 3 kunda yodlash, qayta unutmaslik va bir soatda 6 ta xatm qila olish nomidan ham maʼlum, imkonsiz ishlar.

🩷Qurʼonni o‘qish va o‘qitish tez bitmaydigan, sabr talab qiluvchi, ko‘plab talabalarga bir kishining vaqti yetmaydigan, nozik jarayon.
Shu sababli ham, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari talaba o‘laroq ikkiga bo‘lingan:
1. Ibn Mas‘ud kabi Rosulullohdan taʼlim olgan sahobalar.
2. Rosululloh yo‘naltirishlari orqali sahobalarda o‘qigan sahobalar.

Musʼhafingizni ochib qarang. 604 sahifa. Odatda 15 qatorda, baʼzan 14,13 qatorda suralar yozilgan. 6000 dan ziyod oyatlar bor. U arab tilida.

Uch kunda yodlab bo‘ladimi?

Uni o‘qish uchun maxsus qoidalar bor. Ularni o‘rganish uchun ixlos, qunt, sabr, doimiy harakat va albatta keng VAQT kerak.

Baʼzi talabalarning Qurʼonni tez 2-3 oyda yodlab qo‘yishiga kelsak, bu odatda 4-5 juzni bir necha oyda yodlab, tajvidning tamal qoidalarini bilgach, kam sonli talabalarda sodir bo‘ladigan holat.

Shundan keyin ham tinmay takror qilinadi, hofizlikkacha baribir 1,5-2 yil ketadi. Odatda undan ham ko‘p ketadi.

🩷Tafsir ustozi "Tez yodlab topshirgan talaba odatda yodlagan joyida unutib chiqib ketadi, pishiqlab yodlayverish kerak", degandilar.

Haram imomlaridan Maher al Muayqali ham 5 yilni tavsiya bergan ekanlar.

Siz tez yodlasangiz ham, takror uchun yillar ketkazasiz.

Siz sekin yodlasangiz ham yillar ketkazasiz.

🩷Hofizlik - tavfiq, sabr, muhabbat va VAQT masalasi hisoblanadi.

Qurʼonni 3 kunda yodlab bo‘lmaydi. Bu insoniy imkoniyatdan tashqari narsa.

1 soatda 6 ta xatmning ham imkoni yo‘q.

🩷Xatm qilish — Fotihadan Nas surasigacha arabiy Qurʼonni joiz bo‘lgan tezliklardan birida o‘qib chiqish ekanini hisobga olsak,

Qiroat harfning maxrajdan chiqishi va odam o‘zi eshitadigan darajada ovoz bilan o‘qishi ekanini hisobga olsak, 604 sahifani oltmish daqiqada 10 marta o‘qib bo‘lmaydi. Absurd bu.

🩷Sahifaga ko‘z yugurtirishni xatm deyilmaydi!

🩷Ustozlar Qurʼonni to‘liq eshitib chiqish, maʼnolar tarjimasini o‘qish hamda transliteratsiya shaklini mutolaa qilib tugatishni «Qurʼonni xatm qildi» deyilmaydi,  deydilar.

Endi shu narsani o‘rgatib qo‘yaman, oddiy kursim falon million, premium kursim 5 million falon so‘mdan boshlanadi deyotganlar ham shuni bilib turib, pul ilinjida tagi yo‘q gaplarni aytib yurishibdi.

Katta ehtimol bilan o‘zlari Qurʼonning, hofizlikning mashaqqatini totmagan kishilar. Agar chin mutaxassis, insof sohibi bo‘lganlarida bu kabi ishlarga aslo yaqinlashmasdilar.

@qizingizyozdi
  • ❤ 26
  • 👍 4
Post #3323 6.3K
3️⃣➡️«qayta unutmaydigan bo‘lib»

Buning esa iloji yo‘q. Payg‘ambarimiz 💚: « Qurʼonni mahkam ushlab (takror qilib) turinglar, chunki u bog‘langan tuyadan ham qochqoqdir», deganlar.

Ustozlar:« Shu hadisdan bandaning xotirasida Qurʼon saqlanib turishi uchun Alloh rozi bo‘lgan yo‘l takror yo‘li ekani bilinadi», deydilar.

Takror qilsangiz, esingizda turadi.
Bo‘lmasa kishi bilmas esingizdan chiqib ketadi.

2016-yilda murattab qori bo‘lgan odam 2026-yilda unday bo‘lmasligi mumkin.

Bu oradagi yillarda takror axloqi va odati qanday bo‘lganiga bog‘liq.

➡️«bir soatda oltita xatm»

Xatm qilish — Fotihadan Nas surasigacha arabiy Qurʼonni joiz bo‘lgan tezliklardan birida o‘qib chiqish ekanini hisobga olsak,

Qiroat harfning maxrajdan chiqishi va odam o‘zi eshitadigan darajada ovoz bilan o‘qishi ekanini hisobga olsak,  604 sahifani oltmish daqiqada 10 marta o‘qib bo‘lmaydi. Absurd bu.

🩷Ko‘z yugurtirishni xatm demaslik kerak. 🩷

Shuningdek, ustozlar Qurʼonni to‘liq eshitib chiqish, maʼnolar tarjimasini o‘qish hamda transliteratsiya shaklini mutolaa qilib tugatishni «Qurʼonni xatm qildi» deyilmaydi, deydilar.

🩷Yuqorida hikoyadek qilib, oson bo‘lgani uchun birinchi shaxsda yozdim, tabiiy-ki o‘zim haqimda emas.

@qizingizyozdi
  • ❤ 52
  • 👍 15
  • 😁 6
Older posts →

About this channel

How can I read @qizingizyozdi without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Qizingiz yozdi...: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Qizingiz yozdi... have?
Qizingiz yozdi... (@qizingizyozdi) has 6.72K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Qizingiz yozdi... know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →