Ortiqcha bezak berilgan, yaltir-yultir, hashamdor narsalar baraka topib ishlatish uchun ishlabchiqarilmaydi, deb o‘ylayman.
Baʼzan mushaflar ustiga oltin-kumush yoki shu kabi metallardan qo‘lni tirnaydigan g‘ilof va gazakli muqovalar qilinganini ko‘ramiz.
Shu kabi kitoblarni dars qilib o‘rganuvchi va qorilikka harakat qilayotganlar xaridor bo‘lmaydi, chunki bunday musʼhaflarni ishlatish, olib yurish mashaqqat.
Ularni musʼhafni shkaf tepasiga suvenir qilib qo‘yadiganlar oladi.
Doimiy o‘qib yuradigan kishi ushlash va ko‘tarishga qulay, varaqlari sifatli, yorqin rangda bo‘lmagan, chiroyli va tiniq yozuvli musʼhafni qidiradi.
Donalari orasida temir bezak bilan ajratilgan kokilli tasbehlar, yuziga toshcha yopishtirilgan zikirmatiklar ham shunaqa.
Hayvon terisidan qilingan hashamdor joynamozlar ham shunday.
Ibodat qilaman degan odamga pokiza yer yoki ixcham buklanadigan, yengil namozlik yaxshi. Zikr qilishga barmoq bo‘g‘inlaringiz, hisobda adashaman desangiz, odmigina elektron yoki qo‘lga mos dona tasbeh yaxshi.
Ha, narsalar xo‘jako‘rsinga bo‘lsa, foydalanishga bo‘lmaydi.
@qizingizyozdi
Post #3378
9.26K


- ❤ 122
- 👍 47
- 🔥 40