TGViewer
Qizingiz yozdi... Qizingiz yozdi... @qizingizyozdi · 6.72K subscribers
Post #3369 15.6K
Universitetda o‘qiyotgan qizlarga yaxshi yerdan sovchi kelib, «o‘qishini davom ettiraveradi, o‘zimiz o‘qitamiz», degan va’daga ishonib berib, kelinni olgandan keyin o‘qitmay qo‘yishgani sabab janjallar yoki xafagarchiliklarni ko‘ramiz.

Birinchidan, agar qizingizning o‘qishi siz uchun juda qimmatli bo‘lsa, uni birovning insofiga topshirmasligingiz kerak edi.

Topshirdingizmi, demak, siz uchun o‘qish u qadar qiymatli emas ekan, «yaxshi joydan» kelib qolgani uchun imkonni boy bergingiz kelmagan bo‘lsa.

O‘zingiz qo‘riqlay olmagan narsani boshqa birov qo‘riqlab bermagani uchun xafa bo‘lib yurmang.

Ikkita stulga birdan o‘tirib bo‘lmaydi.

Xullas, tanlov qilish kerak. Tanlov oqibatlariga ham rozi bo‘lish kerak.
Men student qizimning 6 yillik o‘qishi tugamaguncha hech qanday sovchilar va takliflarni ko‘rib ham o‘tirmaymiz, deb qat’iy tayinlaganman. Ayolimga kim bo‘lishidan qat’i nazar, menga xabar qilmasdan rad javobini berish vakolatini topshirganman.
Yozda qizim O‘shga ta’tilga qaytgan paytda bir xususiy klinikada praktikada yuradi. Qizimga ham tayinlaganman: «Katta xotinlar bo‘yi yetgan qizlardan “Kimning qizisiz? Uyingiz qayerda? Ota-onangizning telefonini bering”, deb so‘rashadi. Istihola qilib o‘tirmay, konkret javob ber, o‘sha yerda bu temani yopib kel», deb tushuntirganman.

Bizning jamiyatda qizlar o‘qib, sal yoshi kattalashsa, «QARI QIZ BO‘LIB QOLASAN», deb qarindosh va yaqin ayollardan bo‘ladigan ruhiy bosimlar kuchli. Bo‘lib ham, biz qishloqda yashaymiz, bizda odamlar ancha konservativ. Shu paytda ota qiziga dalda bo‘lishi kerak, deb bilaman. Hech qanday «qari qiz» degan tushunchadan vahima qilmaslikni, hammaning tengi chiqishini, o‘qiganlar bilan o‘qimaganlar teng bo‘lmasligini tushuntirib, podderjka qilib turish kerak.

Qizlarimning o‘qishi men uchun eng prioritet narsaki, men buni birovning insofiga topshirolmayman.

© A. Ortiqov

@qizingizyozdi
  • ❤ 267
  • 🔥 127
  • 👍 72
  • 😁 12
More from @qizingizyozdi
  1. Sep 27, 2026Fotima bilan o‘tirganimizning belgilari bo‘ladi.
  2. Sep 26, 2026SIZ QANDAY DUO QILASIZ? Postni o‘qishdan avval savollar: • «Inshaalloh» so‘zi nega ishlati…
  3. Sep 25, 2026🇺🇿 24.09.26, UNGA, New York
  4. Sep 25, 2026🎁☕️
  5. Sep 24, 2026Tanaffusdagi o‘ylar Oxirgi kunlar hecham o‘zini birov bilan solishtirmaslik kerak, deb ko‘…
  6. Sep 22, 2026Ortiqcha bezak berilgan, yaltir-yultir, hashamdor narsalar baraka topib ishlatish uchun is…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →