Eski post ekan:
Qurʼonni noldan boshlab 3 kunda yodlash, qayta unutmaslik va bir soatda 6 ta xatm qila olish nomidan ham maʼlum, imkonsiz ishlar.
🩷Qurʼonni o‘qish va o‘qitish tez bitmaydigan, sabr talab qiluvchi, ko‘plab talabalarga bir kishining vaqti yetmaydigan, nozik jarayon.
Shu sababli ham, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari talaba o‘laroq ikkiga bo‘lingan:
1. Ibn Mas‘ud kabi Rosulullohdan taʼlim olgan sahobalar.
2. Rosululloh yo‘naltirishlari orqali sahobalarda o‘qigan sahobalar.
Musʼhafingizni ochib qarang. 604 sahifa. Odatda 15 qatorda, baʼzan 14,13 qatorda suralar yozilgan. 6000 dan ziyod oyatlar bor. U arab tilida.
Uch kunda yodlab bo‘ladimi?
Uni o‘qish uchun maxsus qoidalar bor. Ularni o‘rganish uchun ixlos, qunt, sabr, doimiy harakat va albatta keng VAQT kerak.
Baʼzi talabalarning Qurʼonni tez 2-3 oyda yodlab qo‘yishiga kelsak, bu odatda 4-5 juzni bir necha oyda yodlab, tajvidning tamal qoidalarini bilgach, kam sonli talabalarda sodir bo‘ladigan holat.
Shundan keyin ham tinmay takror qilinadi, hofizlikkacha baribir 1,5-2 yil ketadi. Odatda undan ham ko‘p ketadi.
🩷Tafsir ustozi "Tez yodlab topshirgan talaba odatda yodlagan joyida unutib chiqib ketadi, pishiqlab yodlayverish kerak", degandilar.
Haram imomlaridan Maher al Muayqali ham 5 yilni tavsiya bergan ekanlar.
Siz tez yodlasangiz ham, takror uchun yillar ketkazasiz.
Siz sekin yodlasangiz ham yillar ketkazasiz.
🩷Hofizlik - tavfiq, sabr, muhabbat va VAQT masalasi hisoblanadi.
Qurʼonni 3 kunda yodlab bo‘lmaydi. Bu insoniy imkoniyatdan tashqari narsa.
1 soatda 6 ta xatmning ham imkoni yo‘q.
🩷Xatm qilish — Fotihadan Nas surasigacha arabiy Qurʼonni joiz bo‘lgan tezliklardan birida o‘qib chiqish ekanini hisobga olsak,
Qiroat harfning maxrajdan chiqishi va odam o‘zi eshitadigan darajada ovoz bilan o‘qishi ekanini hisobga olsak, 604 sahifani oltmish daqiqada 10 marta o‘qib bo‘lmaydi. Absurd bu.
🩷Sahifaga ko‘z yugurtirishni xatm deyilmaydi!
🩷Ustozlar Qurʼonni to‘liq eshitib chiqish, maʼnolar tarjimasini o‘qish hamda transliteratsiya shaklini mutolaa qilib tugatishni «Qurʼonni xatm qildi» deyilmaydi, deydilar.
Endi shu narsani o‘rgatib qo‘yaman, oddiy kursim falon million, premium kursim 5 million falon so‘mdan boshlanadi deyotganlar ham shuni bilib turib, pul ilinjida tagi yo‘q gaplarni aytib yurishibdi.
Katta ehtimol bilan o‘zlari Qurʼonning, hofizlikning mashaqqatini totmagan kishilar. Agar chin mutaxassis, insof sohibi bo‘lganlarida bu kabi ishlarga aslo yaqinlashmasdilar.
@qizingizyozdi
Post #3327
8.31K
- ❤ 26
- 👍 4