TGViewer
Qizingiz yozdi... Qizingiz yozdi... @qizingizyozdi · 6.74K subscribers
Post #3336 8.53K
MAHR NEGA KERAK🕯️

«Nikohning foydalari va (undan ko‘zlangan) maqsadlarga  oʻzaro hamjihatlik orqaligina erishiladi.

Agar ayol kishi erining huzurida aziz-u mukarram boʻlmasa, bu hamjihatlikka aslo erishib boʻlmaydi.

Ayol kishining qadr-qimmati unga yetishish yoʻllari qiyin boʻlgandagina er kishining nazarida yuqori boʻladi.

Chunki qoʻlga kiritish qiyin boʻlgan narsa insonga aziz ko‘rinadi va uni mahkam tutishga (yoʻqotib qo‘ymaslikka) harakat qiladi.

Aksincha, erishish oson boʻlgan narsaning qadri pasayadi va uni qoʻlda ushlab turish ham oson (ahamiyatsiz) boʻlib qoladi.

Qachonki ayolning eri oldida qadri pasaysa, ayol o‘zidan xavotirga tushadi hamjihatlik yoʻqoladi va nikohdan koʻzlangan maqsadlarga erishib boʻlmaydi.

Negaki, (nikoh shartnomasi bilan erga o‘tadigan) egalik huquqi ayolning o‘z nafsi va jinsiy yaqinlikdan bahramand bo‘lish huquqi evaziga yuzaga chiqadi.

Hur ayol ustidan bunday egalik hukmlari esa mohiyatan kamsitilish hissini uyg‘otadi.

Shuning uchun ham, ushbu maʼnaviy xorlik va kamsitilishni o‘rnini qoplash (kompensatsiya qilish) uchun uning muqobiliga (er tomonidan) albatta qadrli, qiymatga ega bo‘lgan mol-mulk (yaʼni mahr) berilishi shartdir».

Alouddin Kosoniy, «Badoiuʼ-s-sanoiʼ» 3-j/485-s.
➖➖➖➖➖➖➖➖

«Badoiuʼ-s-sanoiʼ»ni Alouddin Kosoniy ustozi Alouddin Samarqandiyning «Tuhfatu-l-fuqaho» nomli asariga sharh sifatida yozgan.
Unga mukofot o‘laroq, ustoz qizi Fotima Samarqandiyyani Kosoniyga nikohlab bergan.

Fotima zamonasining yetuk faqihalaridan edi. Mahri ham izzatiga yarasha yangi dunyoga kelgan durdona kitob bo‘lgan. 

O‘sha voqeaga ishora qiluvchi ibora mashhur:
شَرَحَ تُحْفَتَهُ وَزَوَّجَهُ ابْنَتَهُ

«Tuhfa» siga sharh bitdi,
Qizini «olib» ketdi».

Qaysi yilli edi, Amerikadagi Yaqeen tadqiqotlar instituti mazkur uch faqih haqida «The Brilliant Trio» — «Olmos uchlik» degan videolavha tayyorlagandi.

➖➖➖➖➖➖➖➖

Yuqoridagi parchani qayta-qayta o‘qib hayron qolyapman. 12-asrda yozilgan yurisprudensiyaga oid asardagi psixologik tahlilni qarang!

Yagona mavzu kesimida erkak ruhiyatini alohida, ayol ruhiyatini alohida, o‘ta aniqlik bilan tahlil qiladi. Muammoga yechim sifatida mahrni keltiradi. Erkak kishi rasxod qilganini qadrlaydi, degan qarash o‘shanda ham bo‘lgan, demak🩷

(Albatta, bu fiqhiy hukmlarga qo‘shimcha tarzda keltirilgan.)

Alloma Kosoniyni Alloh taolo rahmatiga olsin!

@qizingizyozdi
  • ❤ 30
  • 🔥 5
  • 😁 4
More from @qizingizyozdi
  1. Sep 27, 2026Qizingiz yozdi... pinned «Yaxshi o‘qimay bitirgan talaba o‘qituvchi bo‘ldi. Ustoz bo‘lib q…
  2. Sep 27, 2026Fotima bilan o‘tirganimizning belgilari bo‘ladi.
  3. Sep 26, 2026SIZ QANDAY DUO QILASIZ? Postni o‘qishdan avval savollar: • «Inshaalloh» so‘zi nega ishlati…
  4. Sep 25, 2026🇺🇿 24.09.26, UNGA, New York
  5. Sep 25, 2026🎁☕️
  6. Sep 24, 2026Tanaffusdagi o‘ylar Oxirgi kunlar hecham o‘zini birov bilan solishtirmaslik kerak, deb ko‘…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →