TGViewer
Lingvist Iroda Azimova Lingvist Iroda Azimova @psixolingvist · 3.95K subscribers
Post #1037 4.15K
Tahrir va andisha

Oxirgi kunlarda bir narsaga eʼtibor berdim.

Ijtimoiy tarmoq"chi"lar, yaʼni har qanday faoliyatini, hattoki kundalik hayotini ijtimoiy tarmoq orqali yoritayotgan yoki yuritayotgan, reklama qilayotgan, aynan ijtimoiy tarmoq uchun ijod qilayotganlar bilan professionallarni tahrir ajratib turarkan. Yaʼni professionallarda u bor (yoki bor edi...).

Masalan, podkastlar, nimaga ikki-ikki yarim soat, baʼzan undan ham ko‘p? Shunchalik uzoq suhbatning ichida muxlis eshitmasa hech narsa yo‘qotmaydigan gap yo‘q deb o‘ylaysizmi?
Yoki muxlis shunday ham biladigan gaplar yo‘q deb o‘ylaysizmi?
Yoki boshlovchi/mezbon mehmonni unutib, o‘zini ko‘rsatishga o‘tib ketgan va bu umumiy kontekstda unchalik ham chiroyli ko‘rinmagan lavhalar yo‘q deb o‘ylaysizmi?

Bularning hammasi axborot shovqinini ko‘paytirib qabul qiluvchiga ortiqcha yuk bo‘ladi.
Tahrirning vazifasi aynan shu ortiqcha yukni yo‘qotish.

Biror ijod namunasini sanʼat darajasiga olib chiqadigan narsa bu — tahrir.

Mana shu tahrirsizlik odamlarni tobora andishasizlashtirib borayotganga o‘xshaydi...

"ha, aytsa, nima qipti?! Ha, ko‘rsatsa nima qipti?! Ha, kuni kecha bir jamoa bo‘lib ishlagan prodyuserini xalqqa yomonlab chiqsa nima qipti? Ha, o‘zi hech narsani tushunmaydigan mavzusida gapirgan bo‘lsa nima qipti?" Va hokazo...

Tahrir — inson erishgan tamaddun namunasi. Bunaqa oson voz kechvormaylik...

@psixolingvist
  • ❤ 51
  • 🔥 33
  • 👍 13
  • 👏 12
More from @psixolingvist
  1. Sep 24, 2026Eron bilan o‘yin yaxshi bo‘ldi a? Shomurodov krasavchik, ikkita gol ham o‘ziga munosib bo‘…
  2. Sep 23, 2026Biz hayotni mantiqqa bo‘ysunadi deb o‘ylaymiz. Ammo insonlararo munosabatlarda mantiq ko‘p…
  3. Sep 22, 2026Nasiba Abdullayevaning "Ko‘z yoshimiz" qo‘shig‘i. Birinchi marta so‘zlariga jiddiy eʼtibor…
  4. Sep 21, 2026O‘g‘lim olti yoshligida bergan savol - Aya, men ham sizning ishxonangizga boray. - Nima qi…
  5. Sep 20, 2026Ҳамдардлик Дилрабога Сени бағримга босдим— Чўғни бағримга босдим. Қайғу қонидан шимган Туғ…
  6. Sep 16, 2026Ma’nolar mustaqilligi...
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →