TGViewer
Channel Public Channel
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

@icppa

📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Subscribers
4.2K
Photos
931
Videos
264
Links
712

Showing posts older than #512 · Back to latest

Older Posts 12 shown
Post #511 509
#OAV_biz_haqimizda

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan 17-iyun kuni Uchkoʻprik tumanida tadbirkorlar bilan o'tkazilgan ochiq muloqot tafsiloti.

Farg'ona MTRK

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🔥 3
  • 👏 3
  • ❤ 1
Post #510 1.41K
🇺🇿Tarix yozilayotgan kun!

O'zbekiston milliy jamoasi birinchi marta jahon chempionatiga qadam qo'ydi – va bu faqat boshlanishi!

🇺🇿 Oʻzbekiston
— Kolumbiya 🇨🇴
🗓 18-iyun | 07:00
🏟 “Mexico city” stadioni. Meksika

Biz ham bu tarixiy lahzadan chetda qolmadik. Agentligimiz tizim va birja tashkilotlari bilan birgalikda milliy jamoamizni qo'llab-quvvatlash maqsadida maxsus videolavha tayyorladik.

Barchamiz bir maqsad sari: 🇺🇿 O'zbekiston olga'!

Biz bir jamoamiz! Jamoani birgalikda qo'llab-quvvatlaymiz!

#JCh2026 #UZBvsCOL #JCh2026 #BirlikdaOlga

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 13
  • 🔥 9
  • ❤ 5
  • 🫡 3
  • 👏 2
Post #506 510
✅Qo'shilgan qiymat yaratish va mahalliylashtirish: navbatdagi malaka oshirish kursi o'z nihoyasiga yetdi

✔️Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi va Bank-moliya akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan "Investitsion loyihalarni boshqarishda mahalliylashtirish va milliy iqtisodiyotda qo'shiladigan qiymatni rivojlantirish" mavzusidagi navbatdagi qisqa muddatli malaka oshirish o'quv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi.

➡️Mazkur o'quv dasturiga jami 29 nafar mutaxassis jalb etildi, ularning 12 nafari investitsiya loyihalarini amalga oshirishda muhim o'rin tutuvchi loyiha ofislari rahbarlaridan iborat bo'ldi.

🎤 Kurs davomida ishtirokchilarga davlat xaridlari sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, xaridlarni strategik rejalashtirish, mahalliy mahsulot va xizmatlarni xarid jarayonlariga
integratsiya qilish mexanizmlari, investitsiya loyihalarida iqtisodiy samaradorlikni baholash hamda davlat mablag'laridan oqilona foydalanish bo'yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.

🟢 Shuningdek, ishtirokchilar xalqaro tajriba asosida investitsiya loyihalarida mahalliy qiymat zanjirlarini rivojlantirish, import o'rnini bosuvchi mahsulotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va davlat xaridlari orqali milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'ldilar.

💬 Kurs yakunlarida ishtirokchilar o'z tashkilotlarida davlat xaridlarini yanada samarali tashkil etish, investitsiya loyihalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini faollashtirish va mahalliylashtirish ko'rsatkichlarini oshirishga qaratilgan amaliy taklif va tashabbuslar ishlab chiqdilar.


〰️ Tadbir so'ngida o'quv dasturini muvaffaqiyatli o'zlashtirgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 8
  • 🔥 4
  • 🫡 3
Post #505 481
Uchinchi yo‘nalish – yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirlarini kengaytirishga investitsiyalarni jalb etish.

Sanoatning barcha tarmoqlarida yangi texnologik bosqichga o‘tish va qo‘shilgan qiymatni yaratish bo‘yicha katta dasturlar boshlangan.

“Yaxshi xabardorsiz, O‘zbekiston boy tabiiy resurslar – oltin, mis, uran, volfram, gaz va boshqa noyob zaxiralarga ega. Strategik xomashyo bo‘lgan yer osti boyliklarimizning umumiy qiymati 3 trillion dollar deb baholanmoqda”,

– dedi Prezidentimiz.

Mazkur sohadagi imkoniyatlarni xorijiy investorlarga taqdim etish maqsadida ochiq raqamli geologiya ma’lumotlar bazasi yaratiladi, auksionga qo‘yiladigan konlar 4 karra ko‘paytiriladi, “qazib olishdan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish uchun Toshkent va Samarqandda barpo etilayotgan “Kelajak metallari” texnoparklariga xorijiy sarmoya keng jalb qilinadi.

Mashinasozlik, robototexnika, yengil sanoat, qurilish materiallari, elektrotexnika, farmatsevtika kabi “drayver” tarmoqlarda ham 20 milliard dollarlik investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish taklif qilindi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👏 6
  • 👍 3
  • 🔥 3
  • 🫡 1
Post #504 391

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service

Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisi boshlandi.

Davlatimiz rahbarining forumdagi nutqini Prezident Matbuot xizmatining Telegram, YouTube va Facebook dagi rasmiy sahifalarida tomosha qiling.
—
В Международном конгресс-центре с участием Президента Шавката Мирзиёева начался пленарное заседание пятого Ташкентского международного инвестиционного форума.

Выступление главы нашего государства на форуме смотрите на официальных страницах Пресс-службы Президента в Telegram, YouTube и Facebook.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • 👍 6
  • 🫡 2
  • 🔥 1
Post #500 488
✔️Xalqaro investitsiya forumida istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

🌐 Toshkent shahrida o‘tayotgan V Xalqaro investitsiya forumi doirasida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rahbariyati qator nufuzli xalqaro kompaniyalar vakillari uchrashdi.

Jumladan, dunyoning yetakchi konsalting kompaniyalaridan biri — McKinsey & Company rahbariyati bilan muzokaralar tashkil etildi. Uchrashuvda kompaniyaning Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqasida davlat sektori yo‘nalishiga mas’ul Senior Partneri Tarek Mansour, McKinsey & Company’ning Ozarbayjondagi ofisi rahbari va Senior Partneri Murat Gursoy hamda Associate Partner Orkhan Salmanli ishtirok etdi.

Muloqot davomida strategik rejalashtirish, infratuzilmani rivojlantirish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning zamonaviy yondashuvlari muhokama qilindi.

Shuningdek, forum doirasida Hindistonning yetakchi infratuzilma kompaniyalaridan biri — Ashoka Buildcon Ltd. aksiyadori Sachin Singh bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.

Tomonlar kompaniyaning istiqbolli infratuzilma loyihalaridagi ishtiroki, investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari hamda transport va yo‘l qurilishi sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.


✔️ Mazkur uchrashuvlar xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda mamlakatimizning investitsion va sanoat salohiyatini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

#TIIF2026 #SanoatKooperatsiyasi #DavlatXaridlari

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 8
  • 🔥 5
  • 👏 4
  • ❤ 1
  • 🫡 1
Post #499 1.29K
✅ Ochiq muloqotlar natijalari

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko'rish doirasida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan respublika hududlarida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

✔️ Bugunga qadar Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari, Toshkent shahri hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida (jami 141 ta tuman va shaharda) ochiq muloqotlar o'tkazildi.

➡️ Natijalar:
✍️ 1 882 nafar tadbirkor va korxona vakili qamrab olindi
✍️ 319 ta muammo va taklif ko'rib chiqildi
✍️ 121 ta masala joyida hal etildi
✍️ 41 ta murojaat bo'yicha huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi
✍️ 157 ta murojaat nazoratga olinib, tegishli choralar belgilandi


✅ Shuningdek, Agentlik binosida tarmoqlar bo'yicha ham ochiq muloqotlar tashkil etilib, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat, yengil sanoat hamda farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan 450 dan ortiq tadbirkor bilan uchrashuvlar o'tkazildi.

✅ Ochiq muloqotlar tadbirkorlarning muammo va takliflarini o'rganish, ularning yechimi bo'yicha amaliy choralarni ishlab chiqish hamda Prezidentning tadbirkorlar bilan VI Ochiq muloqoti uchun takliflarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 4
  • 👏 4
  • 🔥 3
Post #498 5.67K
✅Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv ertaga 17-iyun kuni Uchkoʻprik hamda Pop tumanlarida o'tkaziladi.

✔️Agentlikning loyiha ofisi mas'ullari quyidagi hududlardan bevosita ishtirok etadi: Qorovulbozor, Zarbdor, Kitob, Qiziltepa, Toʻraqoʻrgʻon, Jomboy, Quyichirchiq, Chimboy, Xiva, Mirzo Ulugʻbek, Mirzaobod, Quva, Oltinkoʻl, Baxmal, Chiroqchi, Oqdaryo, Termiz, Taxtakoʻpir, Bogʻdod, Vobkent, Paxtachi, tumanlari va Shirin, Olmaliq, Xiva, Xonobod shaharlari.

🎤 Savol yoki takliflaringiz bormi?
Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.

➡️ 17-iyun 2026-yil,
⚫️ Soat 11:00 va 16:00 da
📌 Uchkoʻprik va Pop tumanlarida

🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish.

🔴Eslatib o'tamiz may–iyul oylarida 208 ta hududda uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🔥 4
  • 👏 3
Post #497 579
🏛️ HAFTALIK DAYJEST | 8–13-iyun, 2026-yil

Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirildi:

🤝 “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

📍 Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm va Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi hamda qator murojaatlar joyida hal etildi.

💬 Elektrotexnika sanoati korxonalari vakillari ishtirokida ochiq muloqot oʻtkazildi.

🎓 Bank-moliya akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan malaka oshirish kurslari doirasida sayyor amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

🌐 Islom taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan uchrashuv o’tkazilib, davlat xaridlari tizimini rivojlantirish, mahalliy kontent siyosati va istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

😀 Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan “Davlat xaridlari tizimini professionallashtirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 6
  • 👏 5
  • 🔥 2
Post #494 557
✔️Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 12-iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan “Davlat xaridlari tizimini professionallashtirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuv davomida davlat xaridlari sohasida kadrlar salohiyatini oshirish hamda xalqaro standartlarga asoslangan sertifikatlash tizimini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

💬 Loyiha doirasida quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi:

🟢 davlat xaridlari mutaxassislari uchun 3 bosqichli sertifikatlash tizimi loyihasi;
🟢 xaridchilarning kompetensiyalari, malaka talablari va vazifalarini belgilash;
🟢 sohani rivojlantirish bo‘yicha xalqaro ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar;
🟢 trenerlar tayyorlash, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida “study tour”larni tashkil etish masalalari.


➡️ Shuningdek, loyihani amalga oshirish jarayonlarida Agentlik ishtirokini kengaytirish hamda davlat xaridlarida buyurtmachilar pozitsiyasini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 4
  • 👏 4
  • 👍 3
  • 🫡 1
Post #493 1.24K
📍 Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

12-iyun kuni Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanida sanoat korxonalari va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, “Raqamli transformatsiya markazi”, “O‘zbekekspertiza” AJ, hududiy loyiha ofislari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

✍️ Ochiq muloqotda 36 ta korxonadan 42 nafar ishtirokchi qatnashdi. Shuningdek, 13 ta hududiy studiya orqali 115 nafar tadbirkor jarayonga onlayn ulandi. Umumiy hisobda tadbir 150 nafardan ortiq ishtirokchini qamrab oldi.

✔️Muloqot davomida 35 ta muammo va taklif bildirildi.

✅ 8 ta muammo joyida hal etildi;
🎤 7 ta masala yuzasidan tushuntirish berildi;
➡️ 14 ta muammo va 6 ta taklif tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.


Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar hududlardagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni amaliy hal etish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 6
  • 👏 6
  • ❤ 3
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →