TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.24K subscribers
Post #499 1.29K
✅ Ochiq muloqotlar natijalari

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko'rish doirasida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan respublika hududlarida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

✔️ Bugunga qadar Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari, Toshkent shahri hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida (jami 141 ta tuman va shaharda) ochiq muloqotlar o'tkazildi.

➡️ Natijalar:
✍️ 1 882 nafar tadbirkor va korxona vakili qamrab olindi
✍️ 319 ta muammo va taklif ko'rib chiqildi
✍️ 121 ta masala joyida hal etildi
✍️ 41 ta murojaat bo'yicha huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi
✍️ 157 ta murojaat nazoratga olinib, tegishli choralar belgilandi


✅ Shuningdek, Agentlik binosida tarmoqlar bo'yicha ham ochiq muloqotlar tashkil etilib, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat, yengil sanoat hamda farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan 450 dan ortiq tadbirkor bilan uchrashuvlar o'tkazildi.

✅ Ochiq muloqotlar tadbirkorlarning muammo va takliflarini o'rganish, ularning yechimi bo'yicha amaliy choralarni ishlab chiqish hamda Prezidentning tadbirkorlar bilan VI Ochiq muloqoti uchun takliflarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 4
  • 👏 4
  • 🔥 3
More from @icppa
  1. Oct 15, 2026✔️17-oktabr kuni Agentlikda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi! Sanoat koopera…
  2. Oct 15, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Agentlikda sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha maxsus o‘…
  3. Oct 15, 2026🏛️ Agentlikda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan yashil davlat xaridlarini rivojlantiris…
  4. Oct 15, 2026“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Mustaqilligimizning…
  5. Oct 15, 2026🌐DUNYO YANGILIKLARI: DAYJEST 14-15-oktabr, 2026-yil Davlat xaridlari, sanoat, mahalliylas…
  6. Oct 15, 2026☑️ MAHALLIY ISHLAB CHIQARILGAN TOVARLAR KATALOGI ✔️Endilikda, "O‘zbekekspertiza" AJ ning r…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →