🏛️ Agentlikda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan yashil davlat xaridlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
15-oktabr 2026-yil. Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda yashil davlat xaridlari tizimini rivojlantirish, xarid jarayonlarida ekologik mezonlarni keng qo‘llash hamda ushbu talablarga javob beradigan tovarlar va xizmatlar toifalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, 2026-yilning birinchi yarim yilligi uchun belgilangan 15 foizlik ko‘rsatkich ijrosi, Agentlikning 2026–2027-yillarda texnik ko‘makka bo‘lgan ehtiyojlari va xalqaro ilg‘or tajribalarni milliy davlat xaridlari tizimiga tatbiq etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida yashil davlat xaridlari mexanizmlarini takomillashtirish, ekologik barqarorlik tamoyillarini xarid amaliyotiga kengroq joriy etish hamda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni davom ettirish yuzasidan fikr almashildi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #1228
319



- 👏 5
- 👍 4
- 🔥 2