TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.24K subscribers
Post #1223 345
✔️ Mashinasozlik korxonalari uchun yangi hamkorlik imkoniyatlari

O‘zbekiston mashinasozlik korxonalari uyushmasi mashinasozlik, metallga ishlov berish va butlovchi qismlar ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yuritayotgan mahalliy korxonalarni o‘z safiga taklif etadi.

Uyushmaga a’zo bo‘lish orqali tadbirkorlar quyidagi imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin:
➡️ Mahalliy va xorijiy korxonalar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish hamda yangi eksport bozorlariga chiqish;
➡️ Ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion tashabbuslarni amalga oshirishda ko‘mak olish;
➡️ Davlat organlarida korxonalar manfaatlarini ifodalash, huquqiy va maslahat yordami olish;
➡️ Malakali mutaxassislar tayyorlash va xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.


Uyushmaga a’zo bo‘lish uchun yuridik shaxs nomidan rasmiy ariza va anketa-so‘rovnomani to‘ldirish talab etiladi.
Murojaat uchun:
📞 Telefon / Telegram: +998 99 516 65 70
📧 Elektron pochta: mkuyushmasi@gmail.com
📍 Manzil: Toshkent shahri, Yangihayot tumani, Jaloyir ko‘chasi, 1A-uy.

🗣 Mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish — sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishning muhim omilidir.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 3
  • 🔥 2
  • 👏 2
More from @icppa
  1. Oct 14, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Семинар-тренинг по подготовке специалистов по локализации производства…
  2. Oct 14, 2026🏛️ Agentlikda Ultradecor Global kompaniyasi vakillari bilan investitsiyaviy hamkorlik mas…
  3. Oct 14, 2026🔴 Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid qonun imzolandi O‘zbekiston Respublikasi P…
  4. Oct 14, 2026#Market_Signal 🔊MARKET SIGNAL | Qandolat mahsulotlari bozorida yangi imkoniyatlar Oddiy s…
  5. Oct 14, 2026🇬🇧Xalqaro ekspert O‘zbekistondagi davlat xaridlari islohotlarini e’tirof etdi Bugungi ku…
  6. Oct 13, 2026✅ Tadbirkorlarga 19,6 milliard so‘mdan ortiq zakalat mablag‘lari qaytarildi Prezidentimiz…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →