Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan o‘tkazgan VI ochiq muloqotida tadbirkorlarning davlat xaridlari jarayonida saqlanib qolgan zakalat mablag‘larini qaytarish bo‘yicha berilgan topshiriqlari ijrosi doirasida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan tegishli amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, davlat xaridlarida ishtirok etib, qonunchilikda belgilangan barcha shart va majburiyatlarni bajargan tadbirkorlarning zakalat mablag‘larini qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Bugungi kunga qadar 11 ta tadbirkorlik subyektiga jami 19 milliard 649 million so‘mdan ortiq zakalat mablag‘lari qaytarildi.
Mazkur mablag‘larning tadbirkorlar ixtiyoriga qaytarilishi ularning aylanma mablag‘larini tiklash, ishlab chiqarish faoliyatini barqaror davom ettirish hamda yangi buyurtma va loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
❗️ Muhim eslatma!
Zakalat mablag‘larini qaytarish uchun tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda belgilangan barcha shart va majburiyatlarni, jumladan, tuzilgan shartnoma bo‘yicha tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko‘rsatish hamda boshqa tegishli talablarni to‘liq bajargan bo‘lishi lozim.
📞 Zakalat mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan Agentlikka murojaat qiling:
71 203-06-00 (ichki raqam: 4052)
@Icppa_aloqa_bot
Agentlik tomonidan tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, davlat xaridlaridagi mavjud muammolarni bartaraf etish va ularni amaliy qo‘llab-quvvatlash ishlari davom ettirilmoqda.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
