TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.19K subscribers
Post #1207 966
📢Tadbirkorlar bilan doimiy ochiq muloqotlar yo‘lga qo‘yiladi!

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda davlat xaridlari, mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi yo‘nalishlarida tushuntirishlar berish maqsadida doimiy ochiq muloqotlar tashkil etiladi.

📌Uchrashuvlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

🔹 Davlat xaridlari bo‘yicha muloqot
🗓Har hafta shanba kuni
⏰10:00–13:00

🔹 Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar sertifikati bo‘yicha muloqot
🗓Har oyning ikkinchi shanba kuni
⏰14:00–16:00

🔹 Mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha muloqot
🗓Har oyning uchinchi shanba kuni
⏰14:00–16:00

Uchrashuvlar davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Agentlik mutaxassislaridan bevosita javob olish, faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni muhokama qilish hamda takliflarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📌Manzil: Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 52-uy. Agentlik binosi.

📝 Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

✔️Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/jovyK4aSkCK7zEGW6

Hurmatli tadbirkorlar!
Sizni o‘z faoliyatingizga oid masalalarni mutaxassislar bilan bevosita muhokama qilish va amaliy yechim topishga qaratilgan ochiq muloqotlarda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🔥 4
  • 👏 3
More from @icppa
  1. Oct 12, 2026#Market_Signal 🔊MARKET SIGNAL | QURILISH YELIMLARI: 29,5 MILLION DOLLARLIK IMPORT BOZORI…
  2. Oct 12, 2026🏛️ Agentlikda sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha maxsus o‘quv kursi boshl…
  3. Oct 12, 2026Yangi Toshkent haqiqiy “yashil shahar” bo‘lishi shartligi yana bir bor ta’kidlandi. Bu yer…
  4. Oct 12, 2026Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuz…
  5. Oct 12, 2026Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentga tashrif buyurib, bu yerda yirik loyiha…
  6. Oct 11, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar xususid…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →