TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.18K subscribers
Post #1208 368
🏛️ Agentlikda sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha maxsus o‘quv kursi boshlandi

Bugun, 12-oktabr kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida “Sanoat kooperatsiyasi, davlat xaridlari va investitsiya loyihalarida mahalliy kontentni kengaytirish hamda boshqarish” mavzusidagi maxsus o‘quv kursi boshlandi.

O‘quv kursida vazirlik va idoralar, tarmoq korxonalari hamda hududiy tashkilotlarning sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mutaxassislari ishtirok etmoqda.

🗓️ Olti kunlik dastur davomida investitsiya loyihalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirish, qo‘shilgan qiymat ulushini hisoblash, investitsiya bitimlariga mahalliy kontent va texnologiyalar transferi bo‘yicha shartlarni kiritish hamda ushbu ko‘rsatkichlarni audit va verifikatsiyadan o‘tkazish tartiblari o‘rganiladi.

Shuningdek, import hajmi, ichki bozor talabi va mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini tahlil qilish orqali mahalliylashtirish uchun istiqbolli mahsulotlarni tanlash, o‘rta va uzoq muddatli sanoat kooperatsiyasi dasturlarini ishlab chiqish, ularning ijrosini monitoring qilish, imtiyoz va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Davlat xaridlari yo‘nalishida xarid rejasini shakllantirish, xarid turini qonunchilik talablariga muvofiq tanlash, texnik topshiriq va xarid hujjatlarini tayyorlash, Narxlar moduli orqali o‘rtacha bozor hamda boshlang‘ich narxni aniqlash, shartnomalar ijrosini nazorat qilish va yuzaga keladigan nizolarni hal etish tartiblari amaliy misollar asosida ko‘rib chiqiladi.

Dastur doirasida Texnologik metallar kombinati va “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkiga sayyor mashg‘ulotlar ham rejalashtirilgan. Ularda tinglovchilar ishlab chiqarish zanjirlari, mahalliy ta’minotchilar bilan kooperatsiya va korxonalardagi amaliy jarayonlar bilan bevosita tanishadilar.


Kurs yakunida ishtirokchilar tanlangan mahsulotlar bo‘yicha mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi dasturi loyihalarini ishlab chiqib, ularning iqtisodiy asoslari, qo‘shilgan qiymat hisob-kitoblari hamda kooperatsiya zanjirlarini taqdim etadilar. Yakuniy baholash natijalariga ko‘ra sertifikatlar topshiriladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • ❤ 3
  • 👏 3
  • 🔥 2
More from @icppa
  1. Oct 12, 2026📢Tadbirkorlar bilan doimiy ochiq muloqotlar yo‘lga qo‘yiladi! Sanoat kooperatsiyasi va da…
  2. Oct 12, 2026Yangi Toshkent haqiqiy “yashil shahar” bo‘lishi shartligi yana bir bor ta’kidlandi. Bu yer…
  3. Oct 12, 2026Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuz…
  4. Oct 12, 2026Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentga tashrif buyurib, bu yerda yirik loyiha…
  5. Oct 11, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar xususid…
  6. Oct 10, 2026🏛️ HAFTALIK DAYJEST 5- 10 oktabr, 2026-yil Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →