🔊MARKET SIGNAL | QURILISH YELIMLARI: 29,5 MILLION DOLLARLIK IMPORT BOZORI
O‘zbekistonda qurilish yelimlarini 860 dan ortiq korxona import qiladi. Ushbu mahsulotning yillik import hajmi 29,5 million dollarni tashkil etadi.
Plitka yotqizish, qurilish-ta’mirlash ishlari va mebel ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladigan qurilish yelimlari asosan Xitoy, Turkiya va Germaniyadan olib kelinmoqda.
Bozorning e’tiborga molik jihati shundaki, 860 dan ortiq importchiga nisbatan mamlakatimizda atigi 5 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi mavjud. Ularning ishlab chiqarish hajmi 5,5 ming tonnani tashkil etadi.
Bu esa mazkur yo‘nalishda mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini ko‘rsatmoqda.
Yangi loyiha uchun qancha investitsiya kerak?
Namunaviy hisob-kitoblarga ko‘ra, yiliga 20 ming tonna qurilish yelimi ishlab chiqarish quvvatini tashkil etish uchun 4,8 million dollar investitsiya talab etiladi.
29,5 million dollarlik import, 860 dan ortiq importchi va 5 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi — bu tadbirkorlar uchun o‘rganishga arziydigan bozor signali.
Yangi ishlab chiqarish yo‘nalishlari va import o‘rnini bosish imkoniyatlari haqidagi navbatdagi tahlillarni o‘tkazib yubormang.
🌐 “Market Signal” ruknini kuzatib boring!
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin