Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tmoqda. Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti orqali jonli efirga uzatilmoqda.
Majlisda dastlab davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqilmoqda.
Ushbu hujjat davlat xaridlari sohasida shaffoflikni ta’minlash va raqobat muhitini kengaytirish, xarid qilish tartib-taomillarini xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasi asosida yanada takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlarini davlat xaridlarida yanada faol ishtirok etishga keng jalb qilishga qaratilgan.
Qonun loyihasida davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha hududiy komissiyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilanmoqda. Bu esa sohada hisobdorlik va nazoratni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, takroriy auksion, tanlash va tenderlarda yagona ishtirokchi bilan bog‘liq tartiblarni aniq belgilash, budjet buyurtmachilarining davlat xaridlarida preferensiya qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan mahalliy subyektlar doirasini kengaytirish taklif etilmoqda.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
