TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.2K subscribers
Post #1214 416
🗣Mutal Burhonov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamkorligida atoqli kompozitor, O‘zbekiston xalq artisti Mutal Burhonov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda.

Mazkur konferensiya buyuk bastakorning boy ijodiy merosini o‘rganish, uning o‘zbek musiqa san’ati rivojiga qo‘shgan hissasini ilmiy jihatdan yoritishga qaratilgan.
Konferensiyada ishtirok etish istagida bo‘lgan tadqiqotchilar, olimlar va soha mutaxassislari o‘z ilmiy maqolalarini taqdim etishlari mumkin.

Konferensiya materiallari “Konservatoriya tarixi” ruknida jamoaviy monografiya shaklida nashr etiladi.

🗓 Maqolalarni qabul qilish muddati: 2026-yil 15-oktabrgacha.
📩 Maqolalarni yuborish: @Konservatoriya_Ilmiy_uz
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 90 167 48 76

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • ❤ 3
  • 👍 2
  • 🔥 2
  • 👏 1
More from @icppa
  1. Oct 13, 2026✅ Tadbirkorlarga 19,6 milliard so‘mdan ortiq zakalat mablag‘lari qaytarildi Prezidentimiz…
  2. Oct 13, 2026📢 Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi mutaxassislarni jalb qilish bo‘yich…
  3. Oct 13, 2026🇺🇿 Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi deputa…
  4. Oct 12, 2026#Market_Signal 🔊MARKET SIGNAL | QURILISH YELIMLARI: 29,5 MILLION DOLLARLIK IMPORT BOZORI…
  5. Oct 12, 2026🏛️ Agentlikda sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha maxsus o‘quv kursi boshl…
  6. Oct 12, 2026📢Tadbirkorlar bilan doimiy ochiq muloqotlar yo‘lga qo‘yiladi! Sanoat kooperatsiyasi va da…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →