☑️ Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tanlovda ishtirok etishga taklif etiladi:
1. Tarmoqlarda o‘rta va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish hamda sanoat kooperatsiyasini kengaytirish yo‘nalishi.
Strategik rejalashtirish, sanoat tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, iqtisodiy tahlil va investitsiya loyihalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislar.
2. Elektrotexnika va robototexnika sanoatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishi.
Elektrotexnika, robototexnika, sanoatni avtomatlashtirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish yo‘nalishidagi mutaxassislar.
3. Uskunasozlik va mashinasozlik sanoatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishi.
Mashinasozlik, metallga ishlov berish, zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari, texnologik jarayonlar va sanoat loyihalarini rivojlantirish bo‘yicha mutaxassislar.
4. Kimyo sanoatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishi.
Kimyo va neft-kimyo sanoati, xomashyoni chuqur qayta ishlash, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni mahalliylashtirish bo‘yicha mutaxassislar.
5. Davlat xaridlarida tadbirkorlar ishtirokini kengaytirish va ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishi.
Davlat xaridlari, iqtisodiyot, moliya va tadbirkorlik sohalarida bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislar.
📌 Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
Har bir yo‘nalish bo‘yicha batafsil malaka talablari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
📩 Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar o‘z rezyumesi (CV) va malakasini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni 2026-yil 20-oktabrga qadar info@icppa.uz elektron pochta manziliga yuborishlari lozim.
📞 Murojaat uchun: 71 203-06-00 (ichki raqam: 4042).
📌Elektron xat mavzusida nomzod qaysi yo‘nalish yoki lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etmoqchi ekanini ko‘rsatishi so‘raladi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
