Bugungi kunda Osiyo taraqqiyot banki granti asosida jalb qilingan Charles Kendall & Partners hamda RSM Consulting kompaniyalari bilan hamkorlikda Agentlik tomonidan davlat xaridlari tizimini professionallashtirish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Charles Kendall & Partners kompaniyasi direktori, xalqaro ekspert Scott Dicken davlat xaridlari tizimida kasbiy sertifikatlash va xalqaro tajribani joriy etish — samarali islohotlarning muhim omili deb hisoblaydi.
🟢Ekspert Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan xarid mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oshirish, xalqaro tajribaga asoslangan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda uch bosqichli kasbiy sertifikatlash tizimini joriy etish bo‘yicha tashabbuslarning muhimligini ta’kidladi.
Uning fikricha, mazkur islohotlar davlat xaridlarining shaffofligi va samaradorligini oshirish, budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish hamda professional xaridchilar tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin