O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun imzolanganini ta’kidlab, shunday dedi:
“Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart”.
❗️Qonun bilan 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Unga ko‘ra, 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Bunday jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatiga cheklov qo‘yilmaydi.
Shuningdek, bolaga jismoniy yoki ruhiy azob yetkazgan shaxslar, ularning kimligidan qat’i nazar, qonun oldida javob beradi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun jazoni yengillashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
