🔊MARKET SIGNAL | Qandolat mahsulotlari bozorida yangi imkoniyatlar
Oddiy saqich, marmelad yoki jele. Kundalik xaridimizdagi kichik mahsulotlar, shunday emasmi?
Ammo raqamlar bu mahsulotlar ortida katta bozor imkoniyati borligini ko‘rsatmoqda.
O‘zbekistonda ushbu turdagi qandolat mahsulotlarining potensial bozori yiliga 21,7 million dollarga baholanmoqda.
2025-yilning o‘zida mamlakatimizga 17,3 million dollarlik mahsulot import qilingan. Asosiy yetkazib beruvchilar — Rossiya, Xitoy va Turkiya.
Eng e’tiborli jihati: bugungi kunda respublikamizda ushbu yo‘nalishda atigi 4 ta korxona faoliyat yuritib, yiliga 2,5 ming tonna mahsulot ishlab chiqarmoqda.
✔️ Bu raqamlar mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun muhim bozor signalidir. Ichki talab va import hajmi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, mahsulot turlarini kengaytirish hamda import o‘rnini bosish imkoniyatlari mavjudligini ko‘rsatadi.
Balki navbatdagi istiqbolli ishlab chiqarish loyihangiz aynan shu yo‘nalishdadir?
🗣 Yangi bozor imkoniyatlari va istiqbolli mahsulotlar tahlilini MARKET SIGNAL ruknida kuzatib boring!
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin