TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.21K subscribers
Post #463 500
📌Ochiq muloqotlar doirasida Surxondaryo tadbirkorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan hududlarda tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash davom etmoqda.

✔️ Bu safargi ochiq muloqot 9-iyun kuni Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida o‘tkazildi. Unda viloyatdagi 32 ta korxonadan 37 nafar vakil ishtirok etdi. Shuningdek, respublikaning 13 ta hududiy studiyasi orqali 138 nafar ishtirokchi onlayn tarzda jarayonga ulandi. Umumiy hisobda tadbir 170 nafardan ortiq ishtirokchini qamrab oldi.

🎤 Muloqot davomida tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, davlat xaridlari tizimidagi imkoniyatlar hamda ishlab chiqarish faoliyatiga oid amaliy takliflar muhokama qilindi.

Uchrashuvda jami 30 ta muammo va taklif bildirildi. Shundan 10 ta korxonaga tegishli 12 ta muammo ochiq muloqot jarayonining o‘zida hal etildi. Qolgan 15 ta muammo va 10 ta taklif esa batafsil ko‘rib chiqish uchun tegishli tashkilotlar hamda mas’ul ijrochilarga yo‘naltirildi.

Ochiq muloqotdan so‘ng Agentlik direktori o‘rinbosari Jahongir Yunusov hududdagi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan korxonalar faoliyati bilan tanishdi.

✔️Xususan, Bandixon tumanida joylashgan “KHILAL VORTEX” MChJ tomonidan tashkil etilgan aralash tolali ip-kalava ishlab chiqarish korxonasi ko‘zdan kechirildi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, mavjud ish o‘rinlari hamda eksport salohiyatini oshirish imkoniyatlari o‘rganildi.


Bunday uchrashuvlar tadbirkor murojaatini faqat eshitish bilan cheklanmay, muammoni joyida ko‘rish, ishlab chiqarish zanjiriga ulanish imkoniyatlarini aniqlash va amaliy yechimlarni belgilashga xizmat qiladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 6
  • 🔥 4
  • 👏 3
  • ⚡ 2
  • 🫡 1
More from @icppa
  1. Oct 17, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA 🗣Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi to…
  2. Oct 17, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va va davlat xaridlari agentligida o‘tkazilgan se…
  3. Oct 17, 2026🏛️Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha seminar-trening yakunlandi 2026-yil…
  4. Oct 17, 2026🏛️ Agentlikda davlat xaridlari masalalari bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi 2026-yil 17-o…
  5. Oct 17, 2026🏛️ Farmatsevtika sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi 2026-yil 16-oktabr. Sano…
  6. Oct 17, 2026🔴Davlat xaridlari bo‘yicha ochiq muloqot boshlanmoqda! Sanoat kooperatsiyasi va davlat xa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →