TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.2K subscribers
Post #1255 940
🏛️ Agentlikda davlat xaridlari masalalari bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi

2026-yil 17-oktabr. Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida tadbirkorlar hamda davlat buyurtmachilari ishtirokida davlat xaridlari masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda Agentlik rahbariyati va mutaxassislari, xarid operatorlari hamda “O‘zbekekspertiza” AJ vakillari, shuningdek, tadbirkorlar ishtirok etdi. Agentlik binosida 20 nafarga yaqin ishtirokchi bevosita qatnashgan bo‘lsa, YouTube orqali tashkil etilgan jonli efirni 50 nafarga yaqin tadbirkor kuzatib bordi.


🎤 Muloqot davomida davlat xaridlarida ishtirok etish tartibi, elektron xarid tizimlaridan foydalanish, xarid jarayonlaridagi yangiliklar va amaldagi mexanizmlar, mahsulotlarni sertifikatlash hamda xaridlarda talab etiladigan hujjatlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirkorlar davlat xaridlarida ishtirok etish jarayonida duch kelayotgan muammolar, buyurtmachilar talablari, mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlash va sertifikat olish bilan bog‘liq savollarini bildirdilar. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berilib, muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

✔️Ochiq muloqotning muhim jihati — tadbirkorlar o‘z muammo va takliflarini bevosita Agentlik rahbariga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu davlat xaridlari tizimida uchrayotgan muammolarni o‘rganish, ularning yechimlarini ishlab chiqish va tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirishga xizmat qiladi.

📌Bunday ochiq muloqotlar endi har shanba kuni soat 10:00 da doimiy ravishda o‘tkaziladi.

Davlat xaridlari bo‘yicha savol, muammo yoki taklifingiz bo‘lsa, ochiq muloqotda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘ting.

🔗Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/jovyK4aSkCK7zEGW6

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 4
  • 🔥 4
  • 👏 3
More from @icppa
  1. Oct 17, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA 🗣Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi to…
  2. Oct 17, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va va davlat xaridlari agentligida o‘tkazilgan se…
  3. Oct 17, 2026🏛️Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha seminar-trening yakunlandi 2026-yil…
  4. Oct 17, 2026🏛️ Farmatsevtika sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi 2026-yil 16-oktabr. Sano…
  5. Oct 17, 2026🔴Davlat xaridlari bo‘yicha ochiq muloqot boshlanmoqda! Sanoat kooperatsiyasi va davlat xa…
  6. Oct 16, 2026🗣Energetika loyihalarida mahalliy mahsulotlar ulushini oshirish — muhim vazifa Prezidenti…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →