✔️Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi va Bank-moliya akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan "Investitsion loyihalarni boshqarishda mahalliylashtirish va milliy iqtisodiyotda qo'shiladigan qiymatni rivojlantirish" mavzusidagi navbatdagi qisqa muddatli malaka oshirish o'quv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi.
➡️Mazkur o'quv dasturiga jami 29 nafar mutaxassis jalb etildi, ularning 12 nafari investitsiya loyihalarini amalga oshirishda muhim o'rin tutuvchi loyiha ofislari rahbarlaridan iborat bo'ldi.
🎤 Kurs davomida ishtirokchilarga davlat xaridlari sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, xaridlarni strategik rejalashtirish, mahalliy mahsulot va xizmatlarni xarid jarayonlariga
integratsiya qilish mexanizmlari, investitsiya loyihalarida iqtisodiy samaradorlikni baholash hamda davlat mablag'laridan oqilona foydalanish bo'yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.
🟢 Shuningdek, ishtirokchilar xalqaro tajriba asosida investitsiya loyihalarida mahalliy qiymat zanjirlarini rivojlantirish, import o'rnini bosuvchi mahsulotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va davlat xaridlari orqali milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'ldilar.
💬 Kurs yakunlarida ishtirokchilar o'z tashkilotlarida davlat xaridlarini yanada samarali tashkil etish, investitsiya loyihalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini faollashtirish va mahalliylashtirish ko'rsatkichlarini oshirishga qaratilgan amaliy taklif va tashabbuslar ishlab chiqdilar.
〰️ Tadbir so'ngida o'quv dasturini muvaffaqiyatli o'zlashtirgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin



