11-iyun kuni sanoat korxonalari va tadbirkorlik subyektlari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda 180 nafardan ortiq ishtirokchi qamrab olindi. Shundan 47 nafari bevosita ishtirok etgan bo'lsa, 13 ta hududiy studiya orqali 137 nafar ulandi.
✍️ Ochiq muloqotda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rahbariyati, "Raqamli transformatsiya markazi", "O'zbekekspertiza" AJ, tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.
Muloqot davomida 34 ta korxona tomonidan 37 ta muammo va taklif bildirildi.
✔️18 ta muammo — muloqot jarayonida joyida hal etildi;
🟢25 ta muammo va 15 ta taklif yuzasidan tegishli tashkilotlar hamda mas’ul ijrochilarga aniq vazifalar belgilandi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarga davlat xaridlari tizimi, Elektron kooperatsiya portalidan ro'yxatdan o'tish va mahsulot joylashtirish tartibi, sanoat kooperatsiyasi bo'yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
Xizmat safari davomida “QORAQALPOQ BASALTWOOL” MChJ (bazalt mineralidan issiqlik saqlovchi materiallar ishlab chiqarish), “NUKUS SSP TEXNOPARK” MChJ (sun’iy va paxta tolasidan ip ishlab chiqarish), “OSTEN TECHNOLOGIES” MChJ (isitish radiatorlari ishlab chiqarish), “AKFA BUILDING MATERIALS” MChJ (ikki komponentli germetik va poliamid termomost ishlab chiqarish) hamda “AMU BROKERS” MChJ (motorollerlar ishlab chiqarish) korxonalari faoliyati ko‘zdan kechirildi.
➡️ Tashrif davomida ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot turlari va korxonalarning ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishildi.
#ICPPA #OchiqMuloqot
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin



