TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.2K subscribers
Post #500 488
✔️Xalqaro investitsiya forumida istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

🌐 Toshkent shahrida o‘tayotgan V Xalqaro investitsiya forumi doirasida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rahbariyati qator nufuzli xalqaro kompaniyalar vakillari uchrashdi.

Jumladan, dunyoning yetakchi konsalting kompaniyalaridan biri — McKinsey & Company rahbariyati bilan muzokaralar tashkil etildi. Uchrashuvda kompaniyaning Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqasida davlat sektori yo‘nalishiga mas’ul Senior Partneri Tarek Mansour, McKinsey & Company’ning Ozarbayjondagi ofisi rahbari va Senior Partneri Murat Gursoy hamda Associate Partner Orkhan Salmanli ishtirok etdi.

Muloqot davomida strategik rejalashtirish, infratuzilmani rivojlantirish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning zamonaviy yondashuvlari muhokama qilindi.

Shuningdek, forum doirasida Hindistonning yetakchi infratuzilma kompaniyalaridan biri — Ashoka Buildcon Ltd. aksiyadori Sachin Singh bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.

Tomonlar kompaniyaning istiqbolli infratuzilma loyihalaridagi ishtiroki, investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari hamda transport va yo‘l qurilishi sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.


✔️ Mazkur uchrashuvlar xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda mamlakatimizning investitsion va sanoat salohiyatini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

#TIIF2026 #SanoatKooperatsiyasi #DavlatXaridlari

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 8
  • 🔥 5
  • 👏 4
  • ❤ 1
  • 🫡 1
More from @icppa
  1. Oct 17, 2026🏛️ Farmatsevtika sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi 2026-yil 16-oktabr. Sano…
  2. Oct 17, 2026🔴Davlat xaridlari bo‘yicha ochiq muloqot boshlanmoqda! Sanoat kooperatsiyasi va davlat xa…
  3. Oct 16, 2026🗣Energetika loyihalarida mahalliy mahsulotlar ulushini oshirish — muhim vazifa Prezidenti…
  4. Oct 16, 2026🔴 Suyultirilgan gaz yetkazib berishda davlat monopoliyasi tugatiladi ❗️ Prezident Shavkat…
  5. Oct 16, 2026✔️ O‘quv kursi doirasida TMK va “Chirchiq” texnoparkiga sayyor mashg‘ulotlar tashkil etild…
  6. Oct 16, 2026🏛️ Jizzaxdagi “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi qanday natijalar berdi? Avtomobilsozlik…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →