✔️ O‘quv kursi doirasida TMK va “Chirchiq” texnoparkiga sayyor mashg‘ulotlar tashkil etildi
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida tashkil etilgan “Sanoat kooperatsiyasi, davlat xaridlari va investitsiya loyihalarida mahalliy kontentni kengaytirish hamda boshqarish” mavzusidagi maxsus o‘quv kursi doirasida tinglovchilar uchun Texnologik metallar kombinati (TMK) va “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkiga sayyor mashg‘ulotlar tashkil etildi.
🩵 Tashriflar davomida ishtirokchilar korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kooperatsiya aloqalari hamda sanoat zanjirlarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy tajribalar bilan yaqindan tanishdilar.
📊 Sayyor mashg‘ulotlar tinglovchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini baholash hamda sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, maxsus o‘quv kursi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, investitsiya loyihalarida mahalliy kontent ulushini oshirish va davlat xaridlarini samarali tashkil etish bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirishga qaratilgan.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #1244
225




- 👍 2
- 🔥 1