O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi vakillari hamda o‘zbekistonlik taniqli olima, biologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining kimyo-biologiya fanlari bo‘yicha vitse-prezidenti Shahlo Turdikulova ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, sanoat muammolariga ilmiy yechimlar ishlab chiqish hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmalari doirasida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, R&D menejerlarini tayyorlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida Fanlar akademiyasining kimyo, qurilish materiallari va farmatsevtika yo‘nalishlaridagi texnologik tayyorlik darajasi TRL 6–9 bo‘lgan ilmiy ishlanmalari taqdimotini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha uchrashuv o‘tkazishga kelishib olindi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin


