TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.23K subscribers
Post #1237 348
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.

Davlatimiz rahbari energetikani taraqqiyotning yuragi deb atab, barqaror energiya ta’minoti tadbirkorlar sarmoyasi va odamlarning ertangi kunga ishonchi uchun muhimligini ta’kidladi.

O‘n yil avval sohadagi muammolarni hal qilish, eskirgan quvvatlarni yangilash va o‘sib borayotgan talabni qoplash vazifalari belgilab olingan edi. Buning uchun energetika bozori xususiy sarmoyaga ochildi, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy etildi. O‘tgan davrda sohaga 35 milliard dollar investitsiya kiritildi, hamkor davlatlar soni 2-3 tadan 10 tadan ortiqqa yetdi.

Quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalari hisobiga qayta tiklanuvchi energiyaning jami generatsiyadagi ulushi 31 foizga ko‘tarildi. “Yashil” quvvatlar 11,1 gigavattni tashkil etmoqda. Aholi jon boshiga elektr energiyasi ishlab chiqarish 28 foizga oshib, 2 ming 300 kilovatt-soatga yetdi.

Bugun umumiy qiymati 4 milliard 700 million dollarlik 6 ta yirik loyiha bo‘yicha bitimlar imzolandi. Ular doirasida 3 ming megavatt generatsiya va 400 megavatt energiya saqlash quvvati yaratiladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 4
  • 🔥 2
  • 👏 2
More from @icppa
  1. Oct 16, 2026✔️ O‘quv kursi doirasida TMK va “Chirchiq” texnoparkiga sayyor mashg‘ulotlar tashkil etild…
  2. Oct 16, 2026🏛️ Jizzaxdagi “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi qanday natijalar berdi? Avtomobilsozlik…
  3. Oct 16, 2026Xitoyning “China Energy” kompaniyasi 8 ta energiya saqlash stansiyasi qurilishida qariyb 4…
  4. Oct 16, 2026Davlatimiz rahbari O‘zbekiston xalqaro energetika hamkorligiga o‘z salohiyati bilan kirib…
  5. Oct 16, 2026🏛️ Sanoat va ilm-fan hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi O‘zbekiston…
  6. Oct 16, 2026🌐 DUNYO YANGILIKLARI: DAYJEST 16-oktabr, 2026-yil Davlat xaridlari, sanoat, mahalliylasht…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →