TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.23K subscribers
Post #1233 352
🌐 DUNYO YANGILIKLARI: DAYJEST
16-oktabr, 2026-yil

Davlat xaridlari, sanoat, mahalliylashtirish va iqtisodiyot sohalarida dunyoda sodir bo‘layotgan muhim yangiliklar.

🇪🇺Fransiya va Germaniya — “Yevropada ishlab chiqarilgan” tamoyili
Fransiya va Germaniya Buyuk Britaniyani Yevropa Ittifoqining avtomobil sanoatiga oid davlat xaridlarida “Yevropada ishlab chiqarilgan” tamoyiliga asoslangan tizimiga qo‘shishni taklif qildi. Taklif shartlaridan biri — Xitoy elektromobillariga nisbatan bojxona siyosatini Yevropa Ittifoqi siyosatiga muvofiqlashtirish.
Manba: Financial Times

🇺🇸AQSh — Jahon bankini isloh qilish taklifi
AQSh moliya vaziri Skott Bessent Jahon banki faoliyatini, jumladan, xaridlar siyosatini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi. Shuningdek, neft-gaz qazib olish va muhim minerallar loyihalarini moliyalashtirishga ko‘proq e’tibor qaratishga chaqirdi.
Manba: Reuters

🇪🇺Yevropa Komissiyasi — barqaror davlat xaridlari
Yevropa Komissiyasining davlat buyurtmachilari hamjamiyati axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini barqaror xarid qilish bo‘yicha amaliy ishlarini yoritdi. 2026-yil yanvar–iyul oylarida oltita yirik davlat tashkiloti o‘z ehtiyojlariga mos strategik xarid rejalarini ishlab chiqish ustida ishlagan.
Manba: Yevropa Komissiyasining davlat buyurtmachilari hamjamiyati

🇺🇸AQSh — ishlab chiqaruvchilar narxlari oshdi
AQSh Mehnat statistikasi byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil sentyabr oyida ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksi oylik 1,3 foizga, yillik hisobda 6,3 foizga oshdi. Energiya narxlari 10,8 foizga, benzin narxi 20,3 foizga, transport va ombor xizmatlari narxlari esa 3,4 foizga ko‘tarildi.
Manba: AQSh Mehnat statistikasi byurosi

🇨🇳Xitoy — iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish choralari
Xitoy iqtisodiyotining uchinchi chorakdagi o‘sishi 4,4 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilindi. Infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun foydalanilmagan qarz limitlaridan 550 mlrd yuan ajratilgani xabar qilindi.
Manba: Reuters

🚘 Xitoy va Yevropa — avtomobil sanoatidagi raqobat
BYD, Chery va MG kabi Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari Yevropa bozoridagi ishtirokini kengaytirish uchun dilerlik tarmoqlari, ehtiyot qismlar ta’minoti va sotuvdan keyingi xizmatlarga investitsiya kiritmoqda. Xitoyda avtomobil ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi birlashuv masalalari ham muhokama qilinmoqda.
Manba: Reuters

🇮🇳Hindiston — Dehlida yangi sanoat siyosati
Dehli hukumati 10 yillik sanoat siyosatini tasdiqladi. 2026/27–2030/31-moliya yillarida korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 105,1 mln dollar ajratish rejalashtirilgan. Ustuvor yo‘nalishlar — IT, ilmiy tadqiqotlar, logistika, chiqindilarni qayta ishlash va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish.
Manba: Индия Сегодня

🇮🇳Hindiston — yuk tashuvchi avtonom dron loyihasi
Hindistonning ideaForge Technology kompaniyasiga YETI og‘ir yuk tashuvchi avtonom dronini ishlab chiqish uchun qariyb 15,9 mln dollar qarz moliyalashtirishi ajratiladi. Dron borish qiyin hududlarga yuk yetkazish uchun mo‘ljallangan.
Manba: Индия Сегодня

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 3
More from @icppa
  1. Oct 16, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqo…
  2. Oct 16, 2026🏛️ Sanoat va ilm-fan hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi O‘zbekiston…
  3. Oct 15, 2026✔️17-oktabr kuni Agentlikda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi! Sanoat koopera…
  4. Oct 15, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Agentlikda sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha maxsus o‘…
  5. Oct 15, 2026🏛️ Agentlikda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan yashil davlat xaridlarini rivojlantiris…
  6. Oct 15, 2026“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Mustaqilligimizning…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →