TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.2K subscribers
Post #494 557
✔️Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 12-iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan “Davlat xaridlari tizimini professionallashtirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuv davomida davlat xaridlari sohasida kadrlar salohiyatini oshirish hamda xalqaro standartlarga asoslangan sertifikatlash tizimini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

💬 Loyiha doirasida quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi:

🟢 davlat xaridlari mutaxassislari uchun 3 bosqichli sertifikatlash tizimi loyihasi;
🟢 xaridchilarning kompetensiyalari, malaka talablari va vazifalarini belgilash;
🟢 sohani rivojlantirish bo‘yicha xalqaro ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar;
🟢 trenerlar tayyorlash, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida “study tour”larni tashkil etish masalalari.


➡️ Shuningdek, loyihani amalga oshirish jarayonlarida Agentlik ishtirokini kengaytirish hamda davlat xaridlarida buyurtmachilar pozitsiyasini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 4
  • 👏 4
  • 👍 3
  • 🫡 1
More from @icppa
  1. Oct 17, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA 🗣Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi to…
  2. Oct 17, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va va davlat xaridlari agentligida o‘tkazilgan se…
  3. Oct 17, 2026🏛️Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha seminar-trening yakunlandi 2026-yil…
  4. Oct 17, 2026🏛️ Agentlikda davlat xaridlari masalalari bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi 2026-yil 17-o…
  5. Oct 17, 2026🏛️ Farmatsevtika sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi 2026-yil 16-oktabr. Sano…
  6. Oct 17, 2026🔴Davlat xaridlari bo‘yicha ochiq muloqot boshlanmoqda! Sanoat kooperatsiyasi va davlat xa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →