TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.21K subscribers
Post #471 1.22K
✔️ Elektrotexnika sanoati korxonalari vakillari ishtirokida ochiq muloqot oʻtkazildi

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi binosida elektrotexnika sanoati korxonalari vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Ochiq muloqotda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi mutasaddilari hamda elektrotexnika sanoati korxonalari rahbarlari offlayn va onlayn formatda ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida davlat xaridlari tizimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, texnik jihatdan tartibga solish va sertifikatlashtirish jarayonlari, shuningdek, energiya samaradorligi yoʻnalishida amalga oshirilayotgan loyihalarda tarmoq korxonalari ulushini oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

🎤 Shuningdek, mahallalarda kichik quyosh elektr stansiyalarini barpo etish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalarda mahalliy elektrotexnika mahsulotlaridan keng foydalanish hamda zarur uskuna va mahsulotlarni yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.

➡️ Muloqot davomida korxona rahbarlari tomonidan davlat xaridlari, sanoat kooperatsiyasi, texnik tartibga solish, energiya samaradorligi va soha rivojiga oid taklif va tashabbuslar bildirildi.


✍️ Bildirilgan taklif va murojaatlar umumlashtirilib, belgilangan tartibda tegishli vazirlik va idoralarga kiritish hamda Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti kun tartibi uchun takliflar paketini shakllantirishda inobatga olinadi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 11
  • 🫡 4
  • 🏆 2
  • 🤝 2
  • 👨‍💻 1
More from @icppa
  1. Oct 17, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA 🗣Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi to…
  2. Oct 17, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va va davlat xaridlari agentligida o‘tkazilgan se…
  3. Oct 17, 2026🏛️Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha seminar-trening yakunlandi 2026-yil…
  4. Oct 17, 2026🏛️ Agentlikda davlat xaridlari masalalari bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi 2026-yil 17-o…
  5. Oct 17, 2026🏛️ Farmatsevtika sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi 2026-yil 16-oktabr. Sano…
  6. Oct 17, 2026🔴Davlat xaridlari bo‘yicha ochiq muloqot boshlanmoqda! Sanoat kooperatsiyasi va davlat xa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →