10-iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi va Bank-moliya akademiyasi hamkorligida tashkil etilayotgan qisqa muddatli malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun navbatdagi sayyor amaliy mashg‘ulot o'tkazildi.
❗️Unda ishtirokchilar "O‘zavtosanoat" AJ qoshidagi "Mahalliylashtirishga ko‘maklashish markazi"ga tashrif buyurib, mamlakatimiz sanoatida mahalliylashtirish siyosati va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
➡️ Sayyor mashg‘ulot davomida mahalliylashtirish dasturlarining mazmun-mohiyati, ularning iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘llanilishi hamda iqtisodiy samaradorligi haqida batafsil ma’lumot berildi.
🎤 Mutaxassislar tomonidan mahalliy xomashyo va resurslardan samarali foydalanish, import mahsulotlari o‘rnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, ichki sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash hamda milliy mahsulotlar ulushini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin



