TGViewer
BFAUZ BFAUZ @bfauz · 11.3K subscribers
Post #3745 6.25K
✍️ Mahalliylashtirish siyosati samaradorligini oshirish yo‘llari amaliyotda tahlil qilindi

🌏 Bugun kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida tashkil qilingan qisqa muddatli malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun navbatdagi sayyor amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

❗️Unda ishtirokchilar «O‘zavtosanoat» AJ qoshidagi "Mahalliylashtirishga ko‘maklashish markazi"ga tashrif buyurib, mamlakatimiz sanoatida mahalliylashtirish siyosati va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

🔼 Sayyor mashg‘ulot davomida mahalliylashtirish dasturlarining mazmun-mohiyati, ularning iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘llanilishi hamda iqtisodiy samaradorligi haqida batafsil ma’lumot berildi.

✔️ Mutaxassislar tomonidan mahalliy xomashyo va resurslardan samarali foydalanish, import mahsulotlari o‘rnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, ichki sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash hamda milliy mahsulotlar ulushini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

⭐️ Tashrif doirasida amaliyotchi mutaxassislar bilan ochiq muloqot ham tashkil etildi. Unda ishtirokchilar mahalliylashtirish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirish, mahsulot tannarxini pasaytirish, importga qaramlikni qisqartirish hamda eksport salohiyatini oshirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
✍Маҳаллийлаштириш сиёсати самарадорлигини ошириш йўллари амалиётда таҳлил қилинди

🌏 Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академиясида ташкил қилинган қисқа муддатли малака ошириш курси тингловчилари учун навбатдаги сайёр амалий машғулот ташкил этилди.

❗️Унда иштирокчилар «Ўзавтосаноат» АЖ қошидаги "Маҳаллийлаштиришга кўмаклашиш маркази"га ташриф буюриб, мамлакатимиз саноатида маҳаллийлаштириш сиёсати ва кооперация алоқаларини ривожлантириш бўйича амалга оширилаётган ишлар билан яқиндан танишдилар.

🔼 Сайёр машғулот давомида маҳаллийлаштириш дастурларининг мазмун-моҳияти, уларнинг иқтисодиёт тармоқларида қўлланилиши ҳамда иқтисодий самарадорлиги ҳақида батафсил маълумот берилди.

✔️ Мутахассислар томонидан маҳаллий хомашё ва ресурслардан самарали фойдаланиш, импорт маҳсулотлари ўрнини босувчи рақобатбардош маҳсулотлар ишлаб чиқаришни кенгайтириш, ички саноат кооперациясини мустаҳкамлаш ҳамда миллий маҳсулотлар улушини ошириш борасида амалга оширилаётган чора-тадбирлар юзасидан тақдимотлар ўтказилди.

⭐️ Ташриф доирасида амалиётчи мутахассислар билан очиқ мулоқот ҳам ташкил этилди. Унда иштирокчилар маҳаллийлаштириш лойиҳаларини ишлаб чиқиш ва амалга ошириш, ишлаб чиқариш занжирларини шакллантириш, маҳсулот таннархини пасайтириш, импортга қарамликни қисқартириш ҳамда экспорт салоҳиятини ошириш билан боғлиқ масалалар бўйича ўзларини қизиқтирган саволларга жавоб олдилар.

👉 Телеграм каналимизга аъзо бўлинг!

🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
  • 👍 4
  • ❤ 2
More from @bfauz
  1. Oct 16, 2026#Kun_hikmati “Investitsiya — bugun mablag‘ ajratib, kelajakda undan daromad olishni ko‘zla…
  2. Oct 16, 2026✍️ Bank-moliya akademiyasi: biznes ingliz tili, kasbiy salohiyat va zamonaviy ko‘nikmalar…
  3. Oct 15, 2026✍️ XALQARO AKKREDITATSIYA — TA’LIM SIFATI VA BARQAROR RIVOJLANISH OMILI ❗️Bank-moliya akad…
  4. Oct 15, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va ishonch ch…
  5. Oct 15, 2026🏦 BANK-MOLIYA AKADEMIYASI: MASOFAVIY TA’LIM — IMKONIYAT VA SIFAT UYG‘UNLIGI 🌏 Zamonaviy…
  6. Oct 15, 2026#BIZ_KORRUPSIYAGA_QARSHIMIZ! «Ilm-fan ravnaqi yo‘lida korrupsiyaga qarshi kurashamiz!» 👉T…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →