TGViewer
BFAUZ BFAUZ @bfauz · 11.3K subscribers
Post #4299 2.7K
✍️ Bank-moliya akademiyasi: biznes ingliz tili, kasbiy salohiyat va zamonaviy ko‘nikmalar uyg‘unligi

🎓Bugun mamlakatimizda ta’lim tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri — zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, o‘z sohasida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdir. Ayniqsa, moliya, bank ishi, soliq va biznes kabi jadal rivojlanib, yangilanib borayotgan sohalarda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

📚 O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida ta’lim jarayoni ana shu zamonaviy talablar asosida takomillashib bormoqda. Akademiyada bank va moliya, biznes, soliq, islom moliyasi hamda boshqa ixtisoslik fanlaridan mashg‘ulotlar zamonaviy va interaktiv metodlar asosida tashkil etilmoqda.

❗️Bunda an’anaviy «o‘qituvchi gapiradi, tinglovchi eshitadi» tamoyilidan ko‘ra, o‘zaro muloqot, savol-javob, munozara, amaliy topshiriqlar va mustaqil fikrlashga asoslangan yondashuvga ustuvor ahamiyat berilmoqda.

🗣 Akademiya dotsenti, biznes ingliz tili fani o‘qituvchisi Dilafruz Kariyevaning mashg‘ulotlarida ham ana shu zamonaviy yondashuv yaqqol namoyon bo‘ladi. U dars jarayonida har bir tinglovchi bilan individual ishlash, uning mavjud bilim va ko‘nikmalarini aniqlash hamda ularni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.

📍Bugungi mehnat bozori ham aynan shunday malakali va ko‘p qirrali mutaxassislarni talab qilmoqda. Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida mutaxassisdan faqat diplom yoki nazariy bilim emas, balki mustaqil qaror qabul qilish, jamoada ishlash, xorijiy tillarni bilish, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish va o‘z sohasidagi yangiliklarni tez o‘zlashtirish qobiliyati ham talab etilmoqda.


✔️Bank-moliya akademiyasida ta’lim jarayonining interaktiv va amaliy yondashuvlar asosida tashkil etilayotgani ham aynan shu maqsadga xizmat qilmoqda. Bu yerda tinglovchilarga bilim berish bilan bir qatorda, ularning shaxsiy va kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, kelgusidagi faoliyati uchun zarur kompetensiyalarni shakllantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

✍️ Банк-молия академияси: бизнес инглиз тили, касбий салоҳият ва замонавий кўникмалар уйғунлиги

🎓 Бугун мамлакатимиз таълим тизими олдида турган муҳим вазифалардан бири — замонавий билим ва кўникмаларга эга, мустақил фикрлайдиган, ўз соҳасида рақобатбардош мутахассисларни тайёрлашдир. Айниқса, молия, банк иши, солиқ ва бизнес каби жадал ривожланаётган соҳаларда назарий билимларни амалий кўникмалар билан уйғунлаштириш муҳим аҳамият касб этади.

📚 Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академиясида таълим жараёни ана шу замонавий талаблар асосида такомиллаштирилмоқда. Академияда банк-молия, бизнес, солиқ, ислом молияси ва бошқа ихтисослик фанлари бўйича машғулотлар замонавий ҳамда интерактив усуллар асосида ташкил этилмоқда.

❗️Бунда анъанавий «ўқитувчи тушунтиради, тингловчи тинглайди» тамойилидан кўра, ўзаро мулоқот, савол-жавоб, мунозара, амалий топшириқлар ва мустақил фикрлашга асосланган таълим усулларига устувор аҳамият берилмоқда.

🗣 Академия доценти, бизнес инглиз тили фани ўқитувчиси Дилафруз Кариеванинг машғулотларида ҳам ана шу замонавий ёндашув яққол намоён бўлади. У дарс жараёнида ҳар бир тингловчининг индивидуал хусусиятлари, мавжуд билим ва кўникмаларини инобатга олиш, уларнинг салоҳиятини аниқлаш ва янада ривожлантиришга алоҳида эътибор қаратади.

📍 Бугунги меҳнат бозори ҳам чуқур билим ва кенг кўламли амалий кўникмаларга эга мутахассисларга эҳтиёж бор. Замонавий иқтисодиёт шароитида мутахассисдан фақат диплом ёки назарий билимга эга бўлиш эмас, балки мустақил қарор қабул қилиш, жамоада самарали ишлаш, хорижий тилларни билиш, рақамли технологиялардан унумли фойдаланиш ҳамда ўз соҳасидаги янгиликларни тез ўзлаштириш қобилияти ҳам талаб этилмоқда.


✔️ Банк-молия академиясида таълим жараёнининг интерактив ва амалий ёндашувлар асосида ташкил этилаётгани ҳам айнан шу мақсадга хизмат қилади.

🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
  • 👍 8
  • ❤ 5
  • 👏 2
More from @bfauz
  1. Oct 16, 2026#Kun_hikmati “Investitsiya — bugun mablag‘ ajratib, kelajakda undan daromad olishni ko‘zla…
  2. Oct 15, 2026✍️ XALQARO AKKREDITATSIYA — TA’LIM SIFATI VA BARQAROR RIVOJLANISH OMILI ❗️Bank-moliya akad…
  3. Oct 15, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va ishonch ch…
  4. Oct 15, 2026🏦 BANK-MOLIYA AKADEMIYASI: MASOFAVIY TA’LIM — IMKONIYAT VA SIFAT UYG‘UNLIGI 🌏 Zamonaviy…
  5. Oct 15, 2026#BIZ_KORRUPSIYAGA_QARSHIMIZ! «Ilm-fan ravnaqi yo‘lida korrupsiyaga qarshi kurashamiz!» 👉T…
  6. Oct 15, 2026Zo‘ravonlikning ko‘rinishi turlicha. Bolaning himoyasi esa har qanday holatda ta’minlanish…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →