TGViewer
BFAUZ BFAUZ @bfauz · 11.3K subscribers
Post #4288 3.36K
Zo‘ravonlikning ko‘rinishi turlicha. Bolaning himoyasi esa har qanday holatda ta’minlanishi kerak.

Zo‘ravonlik faqat jismoniy zarar yetkazish bilan cheklanmaydi. Tahdid qilish, kamsitish, haqoratlash, qo‘rqitish yoki bolaning zarur ehtiyojlarini e’tiborsiz qoldirish ham uning hayoti va rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Bugun, 14-oktabr kuni Prezident tomonidan imzolangan qonun bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, jumladan, jinsiy zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutadi. Shuningdek, zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish hamda tergov va sud jarayonlarida ularning manfaatlarini himoya qilish kafolatlari mustahkamlanmoqda.

🤝 Bolalarni himoya qilishda har birimizning e’tiborimiz muhim. Agar bola zo‘ravonlik haqida aytib bersa, uni xotirjam tinglang, ayblamang va yordam so‘rashini qo‘llab-quvvatlang.

📞 Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari haqida 1246 ishonch telefoniga xabar berishingiz mumkin.

Befarq bo‘lmang. Sizning murojaatingiz bolaning himoya va yordam olishiga yo‘l ochishi mumkin.

Har bir bola zo‘ravonliksiz, xavfsiz muhitda ulg‘ayishga haqli.

👉Telegram kanalimizga aʼzo bo‘ling !

🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
  • ❤ 5
  • 👍 1
More from @bfauz
  1. Oct 16, 2026#Kun_hikmati “Investitsiya — bugun mablag‘ ajratib, kelajakda undan daromad olishni ko‘zla…
  2. Oct 16, 2026✍️ Bank-moliya akademiyasi: biznes ingliz tili, kasbiy salohiyat va zamonaviy ko‘nikmalar…
  3. Oct 15, 2026✍️ XALQARO AKKREDITATSIYA — TA’LIM SIFATI VA BARQAROR RIVOJLANISH OMILI ❗️Bank-moliya akad…
  4. Oct 15, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va ishonch ch…
  5. Oct 15, 2026🏦 BANK-MOLIYA AKADEMIYASI: MASOFAVIY TA’LIM — IMKONIYAT VA SIFAT UYG‘UNLIGI 🌏 Zamonaviy…
  6. Oct 15, 2026#BIZ_KORRUPSIYAGA_QARSHIMIZ! «Ilm-fan ravnaqi yo‘lida korrupsiyaga qarshi kurashamiz!» 👉T…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →