TGViewer
Channel Public Channel
BFAUZ

BFAUZ

@bfauz

Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan. "O'zmilliybank" AJ

LEARN, CHANGE, BE THE LEADER!

Мурожаат учун: https://t.me/bfa_bma

www.bfa.uz
Subscribers
11.3K
Photos
2.9K
Videos
495
Links
1.8K
Recent Posts 10 shown
Post #4301 2.63K
#Kun_hikmati

“Investitsiya — bugun mablag‘ ajratib, kelajakda undan daromad olishni ko‘zlashdir.”

Benjamin Grem

👉Telegram kanalimizga aʼzo bo‘ling !

🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
  • 👍 6
  • ❤ 2
  • 👏 2
Post #4299 2.69K
✍️ Bank-moliya akademiyasi: biznes ingliz tili, kasbiy salohiyat va zamonaviy ko‘nikmalar uyg‘unligi

🎓Bugun mamlakatimizda ta’lim tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri — zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, o‘z sohasida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdir. Ayniqsa, moliya, bank ishi, soliq va biznes kabi jadal rivojlanib, yangilanib borayotgan sohalarda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

📚 O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida ta’lim jarayoni ana shu zamonaviy talablar asosida takomillashib bormoqda. Akademiyada bank va moliya, biznes, soliq, islom moliyasi hamda boshqa ixtisoslik fanlaridan mashg‘ulotlar zamonaviy va interaktiv metodlar asosida tashkil etilmoqda.

❗️Bunda an’anaviy «o‘qituvchi gapiradi, tinglovchi eshitadi» tamoyilidan ko‘ra, o‘zaro muloqot, savol-javob, munozara, amaliy topshiriqlar va mustaqil fikrlashga asoslangan yondashuvga ustuvor ahamiyat berilmoqda.

🗣 Akademiya dotsenti, biznes ingliz tili fani o‘qituvchisi Dilafruz Kariyevaning mashg‘ulotlarida ham ana shu zamonaviy yondashuv yaqqol namoyon bo‘ladi. U dars jarayonida har bir tinglovchi bilan individual ishlash, uning mavjud bilim va ko‘nikmalarini aniqlash hamda ularni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.

📍Bugungi mehnat bozori ham aynan shunday malakali va ko‘p qirrali mutaxassislarni talab qilmoqda. Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida mutaxassisdan faqat diplom yoki nazariy bilim emas, balki mustaqil qaror qabul qilish, jamoada ishlash, xorijiy tillarni bilish, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish va o‘z sohasidagi yangiliklarni tez o‘zlashtirish qobiliyati ham talab etilmoqda.


✔️Bank-moliya akademiyasida ta’lim jarayonining interaktiv va amaliy yondashuvlar asosida tashkil etilayotgani ham aynan shu maqsadga xizmat qilmoqda. Bu yerda tinglovchilarga bilim berish bilan bir qatorda, ularning shaxsiy va kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, kelgusidagi faoliyati uchun zarur kompetensiyalarni shakllantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

✍️ Банк-молия академияси: бизнес инглиз тили, касбий салоҳият ва замонавий кўникмалар уйғунлиги

🎓 Бугун мамлакатимиз таълим тизими олдида турган муҳим вазифалардан бири — замонавий билим ва кўникмаларга эга, мустақил фикрлайдиган, ўз соҳасида рақобатбардош мутахассисларни тайёрлашдир. Айниқса, молия, банк иши, солиқ ва бизнес каби жадал ривожланаётган соҳаларда назарий билимларни амалий кўникмалар билан уйғунлаштириш муҳим аҳамият касб этади.

📚 Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академиясида таълим жараёни ана шу замонавий талаблар асосида такомиллаштирилмоқда. Академияда банк-молия, бизнес, солиқ, ислом молияси ва бошқа ихтисослик фанлари бўйича машғулотлар замонавий ҳамда интерактив усуллар асосида ташкил этилмоқда.

❗️Бунда анъанавий «ўқитувчи тушунтиради, тингловчи тинглайди» тамойилидан кўра, ўзаро мулоқот, савол-жавоб, мунозара, амалий топшириқлар ва мустақил фикрлашга асосланган таълим усулларига устувор аҳамият берилмоқда.

🗣 Академия доценти, бизнес инглиз тили фани ўқитувчиси Дилафруз Кариеванинг машғулотларида ҳам ана шу замонавий ёндашув яққол намоён бўлади. У дарс жараёнида ҳар бир тингловчининг индивидуал хусусиятлари, мавжуд билим ва кўникмаларини инобатга олиш, уларнинг салоҳиятини аниқлаш ва янада ривожлантиришга алоҳида эътибор қаратади.

📍 Бугунги меҳнат бозори ҳам чуқур билим ва кенг кўламли амалий кўникмаларга эга мутахассисларга эҳтиёж бор. Замонавий иқтисодиёт шароитида мутахассисдан фақат диплом ёки назарий билимга эга бўлиш эмас, балки мустақил қарор қабул қилиш, жамоада самарали ишлаш, хорижий тилларни билиш, рақамли технологиялардан унумли фойдаланиш ҳамда ўз соҳасидаги янгиликларни тез ўзлаштириш қобилияти ҳам талаб этилмоқда.


✔️ Банк-молия академиясида таълим жараёнининг интерактив ва амалий ёндашувлар асосида ташкил этилаётгани ҳам айнан шу мақсадга хизмат қилади.

🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
  • 👍 8
  • ❤ 5
  • 👏 2
Post #4292 3.07K
✍️ XALQARO AKKREDITATSIYA — TA’LIM SIFATI VA BARQAROR RIVOJLANISH OMILI

❗️Bank-moliya akademiyasi xalqaro tajriba almashish va ta’lim sifatini oshirish borasidagi tashabbuslarda faol ishtirok etmoqda.

🌏 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan «O‘zbekiston oliy ta’limida sifatni ta’minlashni mustahkamlash» mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi. Unda mamlakatimizdagi qator oliy ta’lim muassasalari vakillari, xalqaro ekspertlar hamda ta’lim sifati sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.

❇️ Seminarda Bank-moliya akademiyasi Ilmiy ishlar va xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Mashhurbek Jalolovning ma’ruzasi alohida ahamiyat kasb etdi. U o‘z chiqishida Akademiyaning xalqaro akkreditatsiya yo‘nalishidagi tajribasi, BGA (Business Graduates Association) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar va «Ta’lim modeli» haqida fikr-mulohazalarini bayon qildi. Uning seminardagi ma’ruzasi Bank-moliya akademiyasining xalqaro standartlarga mos ta’lim muhitini shakllantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim natijalarining amaliy samaradorligini oshirishga qaratilgan yondashuvlarini namoyon etdi.

📖 Ma’ruzada ta’lim sifatini izchil takomillashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish va bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim mexanizm sifatida baholash zarurligiga e’tibor qaratildi.

📕 Tadbirda Buyuk Britaniyaning Association of MBAs va Business Graduates Association (AMBA & BGA) tashkilotlari vakillari ham ma’ruza bilan ishtirok etdi. Xususan, biznesni rivojlantirish bo‘limi rahbari Richard Tyorner va biznes maktablari bilan hamkorlik bo‘yicha direktori Debbi Kemp xalqaro a’zolik, ta’lim dasturlarini validatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyadan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, jahon darajasidagi biznes maktabini shakllantirish masalalari yuzasidan ma’lumot berdi.

⚠️ AMBA & BGA xalqaro tarmog‘i 460 dan ortiq biznes maktabini birlashtirgan bo‘lib, uning standartlari ta’lim sifati, boshqaruv madaniyati va bitiruvchilarning kasbiy rivojlanishiga qo‘yiladigan talablarni qamrab oladi.


📍Seminar doirasida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun xalqaro hamkorlik va akkreditatsiya imkoniyatlari tushuntirildi, yangi BGA a’zolariga sertifikatlar topshirildi.
 
 👉Telegram kanalimizga aʼzo bo‘ling !

🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
  • 👏 7
  • ❤ 5
  • 👍 5
Post #4291 2.15K

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitidagi nutqi
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на седьмом саммите Совещания по взаимодействию и мерам доверия в Азии
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan at the Seventh Summit of the Conference on Interaction and Confidence Building Measures in Asia

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • ❤ 1
Post #4290 3.23K
🏦 BANK-MOLIYA AKADEMIYASI: MASOFAVIY TA’LIM — IMKONIYAT VA SIFAT UYG‘UNLIGI

🌏 Zamonaviy ta’lim texnologiyalari, xalqaro tajriba va kasbiy faoliyat bilan uyg‘unlashgan o‘quv mashg‘ulotlari Bank-moliya akademiyasida masofaviy ta’limning muhim jihatlaridan biridir. Ta’limning ushbu shakli tinglovchilarga ish va o‘qish jarayonlarini birgalikda olib borish, vaqtdan samarali foydalanish hamda zamonaviy bilimlarni muntazam o‘zlashtirish imkonini beradi.

🏦 Moliya-bank sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun nazariy bilimlarni bevosita ish tajribasi bilan bog‘lash alohida ahamiyatga ega. Masofaviy ta’limning qulayligi shundaki, tinglovchilar kasbiy vazifalarini bajarish bilan birga, ta’lim jarayonida ham faol ishtirok etib, bilim va malakalarini oshirib boradilar.

❗️Bu yondashuv ta’lim olish imkoniyatlarini auditoriya bilan cheklab qo‘ymaydi. Aksincha, ish jarayonida yuzaga keladigan masalalarni tahlil qilish, ularga ilmiy va amaliy nuqtayi nazardan yondashish hamda egallangan bilimlarni kundalik faoliyatda qo‘llash uchun zamin yaratadi.

🔰 Akademiyaning professor-o‘qituvchilari masofaviy ta’lim jarayonida tinglovchilarning nazariy bilimlarni puxta o‘zlashtirishi, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishi va mustaqil tahlil qilish qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim metodlaridan foydalanmoqda.

♻️ Mashg‘ulotlarda mavzularni tushuntirish bilan bir qatorda, muammoli vaziyatlarni muhokama qilish, hayotiy misollar asosida fikr yuritish, savol-javoblar va amaliy topshiriqlar orqali tinglovchilarning faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa ta’lim jarayonini bir tomonlama ma’lumot berishdan o‘zaro muloqot va fikr almashishga asoslangan samarali muhitga aylantiradi.

⚠️ Xalqaro ta’lim tajribasiga asoslangan bunday yondashuvning ahamiyati shundaki, tinglovchilar tayyor ma’lumotlarni o‘zlashtirish bilan cheklanmay, ularni tahlil qilish, mustaqil xulosa chiqarish va muayyan vaziyatlarda asosli qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini ham rivojlantiradilar.


👉Telegram kanalimizga aʼzo bo‘ling !

🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
  • 👍 8
  • ❤ 4
  • 👏 4
Post #4288 3.34K
Zo‘ravonlikning ko‘rinishi turlicha. Bolaning himoyasi esa har qanday holatda ta’minlanishi kerak.

Zo‘ravonlik faqat jismoniy zarar yetkazish bilan cheklanmaydi. Tahdid qilish, kamsitish, haqoratlash, qo‘rqitish yoki bolaning zarur ehtiyojlarini e’tiborsiz qoldirish ham uning hayoti va rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Bugun, 14-oktabr kuni Prezident tomonidan imzolangan qonun bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, jumladan, jinsiy zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutadi. Shuningdek, zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish hamda tergov va sud jarayonlarida ularning manfaatlarini himoya qilish kafolatlari mustahkamlanmoqda.

🤝 Bolalarni himoya qilishda har birimizning e’tiborimiz muhim. Agar bola zo‘ravonlik haqida aytib bersa, uni xotirjam tinglang, ayblamang va yordam so‘rashini qo‘llab-quvvatlang.

📞 Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari haqida 1246 ishonch telefoniga xabar berishingiz mumkin.

Befarq bo‘lmang. Sizning murojaatingiz bolaning himoya va yordam olishiga yo‘l ochishi mumkin.

Har bir bola zo‘ravonliksiz, xavfsiz muhitda ulg‘ayishga haqli.

👉Telegram kanalimizga aʼzo bo‘ling !

🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
  • ❤ 5
  • 👍 1
Post #4287 3.44K
BANK-MOLIYA AKADEMIYASIDA “YASHIL LOYIHALARNI BOSHQARISH” MAVZUSIDA OCHIQ MULOQOT

❗️O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida Loyiha boshqaruvi magistrlari uchun “Yashil loyihalarni boshqarish” mavzusida interaktiv ochiq muloqot tashkil etildi.

🔰 Mahorat darsini O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Nilufar Matkarimova olib bordi.

📖 Muloqot davomida tinglovchilarga yashil iqtisodiyot, ekologik barqarorlik va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni samarali boshqarish hamda zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

🗣 Ma’ruzada yashil loyihalarni rejalashtirish va amalga oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda loyihalarning ekologik va iqtisodiy samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


💬 Interaktiv muloqot yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, fikr va takliflarini bildirdilar hamda mavzu yuzasidan o‘zaro tajriba almashdilar.

*

БАНК-МОЛИЯ АКАДЕМИЯСИДА “ЯШИЛ ЛОЙИҲАЛАРНИ БОШҚАРИШ” МАВЗУСИДА ОЧИҚ МУЛОҚОТ

❗️Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академиясида Лойиҳа бошқаруви магистрлари учун “Яшил лойиҳаларни бошқариш” мавзусида интерактив очиқ мулоқот ташкил этилди.

🔰 Маҳорат дарсини Ўзбекистон Экологик партияси Марказий Кенгаши Ижроия қўмитаси раисининг ёшлар ва хотин-қизлар масалалари бўйича ўринбосари, педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори Нилуфар Маткаримова олиб борди.

📖 Мулоқот давомида тингловчиларга яшил иқтисодиёт, экологик барқарорлик ва атроф-муҳитни муҳофаза қилишга қаратилган лойиҳаларни самарали бошқариш ҳамда замонавий ёндашувларни амалиётга татбиқ этиш бўйича батафсил маълумот берилди.

🗣 Маърузада яшил лойиҳаларни режалаштириш ва амалга ошириш, табиий ресурслардан оқилона фойдаланиш, энергия тежамкор технологияларни жорий этиш ҳамда лойиҳаларнинг экологик ва иқтисодий самарадорлигини ошириш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди.

💬 Интерактив мулоқот якунида тингловчилар ўзларини қизиқтирган саволларга жавоб олдилар, фикр ва таклифларини билдирдилар ҳамда мавзу юзасидан ўзаро тажриба алмашдилар.


👉Telegram kanalimizga aʼzo bo‘ling !

🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
  • ❤ 7
  • 👍 6
  • 👏 4
Post #4286 3.57K
#Bank-moliya akademiyasi
#memorandum_imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi o‘rtasida "Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ta’limiy hamda amaliy loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida"gi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
—
Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси ва Ёшлар ишлари агентлиги ҳузуридаги Ёшлар тадбиркорлигини ривожлантириш давлат мақсадли жамғармаси ўртасида "Ёшлар тадбиркорлигини ривожлантириш, ёшларнинг ташаббусларини қўллаб-қувватлаш ва таълимий ҳамда амалий лойиҳаларни амалга ошириш тўғрисида"ги ўзаро англашув меморандуми имзоланди.

👉 Телеграм каналимизга аъзо бўлинг!

🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
  • 👍 6
  • 👏 3
  • ❤ 2
Post #4281 3.66K
✍️Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha memorandum imzolandi

🔰 Bugungi kunda yoshlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularning bilim va salohiyatini tadbirkorlik tashabbuslariga yo‘naltirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashish mamlakat taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir.

❗️Yaxshi biznes g‘oyasining o‘zi muvaffaqiyatga erishish uchun yetarli emas. Uni puxta rejalashtirish, moliyaviy imkoniyatlarni to‘g‘ri baholash, bozor talabini o‘rganish, investitsiyalarni samarali boshqarish va zamonaviy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish zarur. Ana shu maqsadlar yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam tashlandi.

📍Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Hoshimov Jamg‘armaning mas’ul vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida yoshlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy savodxonligini oshirish, istiqbolli loyihalarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

❇️ Uchrashuvda yoshlarning tadbirkorlik g‘oyalarini aniq biznes loyihalariga aylantirish, ularning moliyaviy va iqtisodiy bilimlarini mustahkamlash hamda ta’lim imkoniyatlarini amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.


📌Muloqot yakunida «Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ta’limiy hamda amaliy loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida»gi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

📖Memorandumda yoshlar uchun tadbirkorlik, biznesni boshqarish, moliyaviy savodxonlik va investitsiyalar bo‘yicha o‘quv dasturlari, seminarlar, treninglar hamda mahorat darslarini tashkil etish hamkorlikning muhim yo‘nalishlari sifatida belgilangan. Bu borada Bank-moliya akademiyasining ta’lim va ilmiy salohiyati, professor-o‘qituvchilari, ekspertlari hamda mutaxassislarining bilim va tajribasidan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi.


✍️ Ёшлар тадбиркорлигини ривожлантириш ва ташаббусларини қўллаб-қувватлаш бўйича меморандум имзоланди

🔰 Бугунги кунда ёшларнинг иқтисодий фаоллигини ошириш, уларнинг билим ва салоҳиятини тадбиркорлик ташаббусларига йўналтириш, янги иш ўринларини яратишга кўмаклашиш мамлакат тараққиётининг муҳим шартларидан биридир.

❗️Яхши бизнес ғоясининг ўзи муваффақият учун етарли эмас. Уни пухта режалаштириш, молиявий имкониятларни тўғри баҳолаш, бозор талабини ўрганиш, инвестицияларни самарали бошқариш ва замонавий билимларни амалиётга татбиқ этиш зарур. Ана шу мақсадлар йўлида Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси ва Ёшлар ишлари агентлиги ҳузуридаги Ёшлар тадбиркорлигини ривожлантириш давлат мақсадли жамғармаси ўртасида ҳамкорликни мустаҳкамлашга қаратилган муҳим қадам ташланди.

📍Банк-молия академияси ректори Элмурод Ҳошимов Жамғарманинг масъул вакиллари билан учрашув ўтказди. Мулоқот давомида ёшларнинг бизнес ташаббусларини қўллаб-қувватлаш, молиявий саводхонлигини ошириш, истиқболли лойиҳаларини рўёбга чиқариш ҳамда уларнинг тадбиркорлик фаолияти учун зарур билим ва амалий кўникмаларини ривожлантириш масалалари юзасидан ўзаро фикр алмашилди.

❇️ Учрашувда ёшларнинг тадбиркорлик ғояларини аниқ бизнес лойиҳаларига айлантириш, уларнинг молиявий ва иқтисодий билимларини мустаҳкамлаш, таълим имкониятларини амалий тажриба билан уйғунлаштириш муҳимлигига эътибор қаратилди.

📌 Мулоқот якунида «Ёшлар тадбиркорлигини ривожлантириш, ёшларнинг ташаббусларини қўллаб-қувватлаш ва таълимий ҳамда амалий лойиҳаларни амалга ошириш тўғрисида»ги ўзаро англашув меморандуми имзоланди.

📖 Меморандумда ёшлар учун тадбиркорлик, бизнесни бошқариш, молиявий саводхонлик ва инвестициялар бўйича ўқув дастурлари, семинарлар, тренинглар ҳамда маҳорат дарсларини ташкил этиш ҳамкорликнинг муҳим йўналишлари сифатида белгиланган.


👉 Xabarni tarqating!

🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
  • 👍 3
  • ❤ 1
  • 👏 1
Older posts →

About this channel

How can I read @bfauz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for BFAUZ: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does BFAUZ have?
BFAUZ (@bfauz) has 11.3K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does BFAUZ know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →