TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.2K subscribers
Post #475 477
✔️Islom taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

10-iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Islom taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

🎤 Uchrashuv davomida davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, mahalliy kontent siyosatini rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik buyurtmachilarning taʼminot zanjirlariga keng jalb qilish, kichik va oʻrta biznes ishtirokini kengaytirish hamda islomiy moliya instrumentlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, barqaror va yashil davlat xaridlarini joriy etish, texnik koʻmak va ekspertlik yordamini jalb qilish, istiqbolli tashabbuslarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda davlat xaridlarida shaffoflikni oshirish, korrupsiya xavflarini kamaytirish, raqamli yechimlarni keng joriy etish, mutaxassislarning malakasini oshirish hamda institutsional salohiyatni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.


✍️ Tomonlar davlat xaridlari, mahalliy kontent siyosati, sanoat kooperatsiyasi, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, islomiy moliya hamda yashil iqtisodiyot sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha oʻzaro qiziqish bildirdilar. Uchrashuv konstruktiv va amaliy ruhda oʻtib, hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 8
  • 👏 4
  • 🔥 3
  • ❤ 1
  • 🫡 1
More from @icppa
  1. Oct 17, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA 🗣Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi to…
  2. Oct 17, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va va davlat xaridlari agentligida o‘tkazilgan se…
  3. Oct 17, 2026🏛️Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha seminar-trening yakunlandi 2026-yil…
  4. Oct 17, 2026🏛️ Agentlikda davlat xaridlari masalalari bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi 2026-yil 17-o…
  5. Oct 17, 2026🏛️ Farmatsevtika sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi 2026-yil 16-oktabr. Sano…
  6. Oct 17, 2026🔴Davlat xaridlari bo‘yicha ochiq muloqot boshlanmoqda! Sanoat kooperatsiyasi va davlat xa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →