2-iyun kuni Toshkent shahrida sanoat korxonalari va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori o‘rinbosari Ilhomjon Pardayev, Raqamli transformatsiya markazi, Agentlikning hududiy loyiha ofisi vakillari, “O‘zbekekspertiza” AJ, tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdi.
Ochiq muloqotda 70 ta korxonadan 82 nafar ishtirokchi qatnashdi. Shuningdek, 13 ta hududiy studiya orqali 236 nafar ishtirokchi jarayonga onlayn ulandi. Umumiy hisobda tadbir 300 nafardan ortiq ishtirokchini qamrab oldi.
Muloqot davomida sanoat kooperatsiyasi, davlat xaridlari tizimi, mahalliylashtirish imkoniyatlari hamda tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan amaliy muammolar muhokama qilindi.
✔️ Uchrashuv davomida 15 ta korxona tomonidan 25 ta muammo va taklif bildirildi. Shundan 8 ta korxonaning 12 ta muammosi muloqot jarayonida hal etildi. Qolgan 10 ta muammo va 3 ta taklif tegishli tashkilotlar hamda mas’ul ijrochilarga yo‘naltirildi.
Ta’kidlanganidek, bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni amaliy hal etishning samarali mexanizmi hisoblanadi.
Savol va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin